Uy-joylar qurilishida aholi mablag‘lari kafolatlanadi — prezident taqdimot bilan tanishdi

© Sputnik / Baxrom XatamovNovostroyki Tashkenta
Novostroyki Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2024
Obuna bo‘lish
Prezident takliflarni ma’qullab, bu borada huquqiy asos yaratish, mazkur tizimni qurilishga aloqador vazirlik va idoralarda integratsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishida aholi mablag‘larini kafolatlash tizimiga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilda 100 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshiriladi. Kelgusi yilda 120 mingta qurilishi rejalashtirilgan.
“Talab ko‘pligidan foydalanib, bu sohada insofsiz biznes qilayotganlar ham bor. Shu bois davlatimiz rahbari 23-sentabr kuni qurilish industriyasi bo‘yicha o‘tgan yig‘ilishda uy-joy sotib olishda aholi mablag‘larini kafolatlaydigan tizim yaratish topshirig‘ini bergan edi”, - deyiladi xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o sisteme garantirovaniya sredstv naseleniya pri stroitelstve jilya
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o sisteme garantirovaniya sredstv naseleniya pri stroitelstve jilya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2024
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o sisteme garantirovaniya sredstv naseleniya pri stroitelstve jilya
Taqdimotda shu boradagi takliflar ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, xorijiy davlatlarda “escrow” tizimi tajribadan o‘tgan. Unga ko‘ra, buyurtmachi va tijorat banki o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan, har bir qurilish inshooti bo‘yicha “escrow” hisobvarag‘i ochiladi. Ko‘chmas mulk uchun kelishilgan mablag‘lar ushbu hisobvaraq orqali amalga oshiriladi. Unda yig‘iladigan mablag‘lar asosida tijorat banklari buyurtmachiga pasaytirilgan foizda kredit taqdim etadi. Qurilish bitgach, xaridorning hisobvarag‘idagi pul developer tashkilotga o‘tkaziladi. Quruvchi o‘z majburiyatini bajarmagan taqdirda, bu pul egasiga qaytarib beriladi. “Escrow” hisobvarag‘ida turgan mablag‘larga undiruv qaratilmaydi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o sisteme garantirovaniya sredstv naseleniya pri stroitelstve jilya
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o sisteme garantirovaniya sredstv naseleniya pri stroitelstve jilya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2024
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o sisteme garantirovaniya sredstv naseleniya pri stroitelstve jilya
Prezident takliflarni ma’qullab, bu borada huquqiy asos yaratish, mazkur tizimni qurilishga aloqador vazirlik va idoralarda integratsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Zolotaya osen v Tashkente: Gde nayti luchshie vidi dlya progulok i foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2024
O‘zbekistondagi uy-joy bozori savdolarida biroz o‘sish kuzatildi
Yangiliklar lentasi
0