Yevropa deputatlari Gruziya muxolifatiga yordamga keldi — video

Obuna bo‘lish
Prezident saylovi arafasida bir necha Yovropa deputatlari Gruziyadagi parlament saylovlarini tan olmayotgan muxolifatga yordamga keldi.
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Kecha Tbilisida navbatdagi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Unda yevropalik deputatlar ochiqchasiga muxolifat bilan bir safda yurishdi.
Gruziya hukumati yevropalik amaldorlarning mamlakat ichki ishiga aralashayotganini va hatto vizasiz rejimni to‘xtatib qo‘yish bilan Gruziyani shantaj qilayotganini bir necha bor ta’kidlagan edi.
"Gruziyada beqarorlik va notinchlikka hissa qo‘shayotganlar Gruziya va gruzin xalqining dushmanlaridir", - dedi parlament spikeri Shalva Papuashvili.

“Postsovet hududida birinchi rangli inqilob Gruziyada bo‘lib o‘tgan, "atirgul inqilobi" deb nomlangan va hozir ham takrorlashga urinish davom etmoqda, ssenariy bir xil”, - deydi taniqli telejurnalist, Sakartvelo jamoat birlashmasi rahbari Tengiz Dumbadze.

Gruziyada 14-dekabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylov Gruziya parlamentining majlislar zalida bo‘lib o‘tadi. Gruziya prezidenti 300 kishidan iborat komissiya ochiq ovoz berish orqali saylanadi. Birinchi turda saylovda kamida 2/3 ovoz olgan nomzod g‘alaba qozonadi.
Ayni damda yagona nomzod futbol bo‘yicha Gruziya terma jamoasining sobiq hujumchisi va parlamentning uch chaqiriq deputati Mixail Kavelashvili.
Yangiliklar lentasi
0