https://oz.sputniknews.uz/20241212/tramp-inauguratsiya-marosimi-si-tszinpin-47064066.html
Tramp o‘zining inauguratsiya marosimiga Si Szinpinni taklif qildi
Tramp o‘zining inauguratsiya marosimiga Si Szinpinni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozongan Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpinga 2025-yil 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan inauguratsiya marosimi uchun taklifnoma yubordi, deb xabar bermoqda “CBS News” manbalarga tayanib.
2024-12-12T15:31+0500
2024-12-12T15:31+0500
2024-12-12T15:31+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
aqsh
xitoy
donald tramp
si szinpin
inauguratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/0c/47063901_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_1ef87b06b23883e85732a7caeb04c0db.jpg
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. AQSh prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozongan Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpinga 2025-yil 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan inauguratsiya marosimi uchun taklifnoma yubordi, deb xabar bermoqda “CBS News” manbalarga tayanib. Qayd etilishicha, bo‘lajak prezidentning inauguratsiyaga mas’ul jamoasi Trampning qasamod marosimiga boshqa xorijlik mehmonlarni ham taklif qilishni rejalashtirgan. Xususan, tadbirda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ishtirok etishi mumkin. Tramp avvalroq Xitoyning iqtisodiy siyosatini bir necha bor tanqid qilgan va Xitoydan keladigan tovarlarga yangi tariflar joriy etish bilan tahdid qilgan. Respublikachining avvalgi prezidentlik muddati Pekin bilan “savdo urushi” bilan belgilangan. Bundan tashqari, Tramp ikkinchi muddati oldidan BRIKS mamlakatlari dollarga muqobil valyuta yaratish rejalaridan voz kechmasa, ularga 100 foizlik savdo bojlari joriy etilishi bilan tahdid qilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20241211/tramp-zelenskiy-oav-47040867.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/0c/47063901_272:0:1232:720_1920x0_80_0_0_685a02be88f55748b6be16fdaf4a9bbb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tramp inauguratsiya si szinpin
tramp inauguratsiya si szinpin
Tramp o‘zining inauguratsiya marosimiga Si Szinpinni taklif qildi
Qayd etilishicha, bo‘lajak prezidentning inauguratsiyaga mas’ul jamoasi Trampning qasamod marosimiga boshqa xorijlik mehmonlarni ham taklif qilishni rejalashtirgan.
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. AQSh prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozongan Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpinga 2025-yil 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan inauguratsiya marosimi uchun taklifnoma yubordi, deb
xabar bermoqda “CBS News” manbalarga tayanib.
“Saylangan prezident Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpinni kelasi oy o‘tkaziladigan inauguratsiya marosimida ishtirok etishga taklif qildi”, — deyiladi telekanal xabarida.
Qayd etilishicha, bo‘lajak prezidentning inauguratsiyaga mas’ul jamoasi Trampning qasamod marosimiga boshqa xorijlik mehmonlarni ham taklif qilishni rejalashtirgan. Xususan, tadbirda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ishtirok etishi mumkin.
Tramp avvalroq Xitoyning iqtisodiy siyosatini bir necha bor tanqid qilgan va Xitoydan keladigan tovarlarga yangi tariflar joriy etish bilan tahdid qilgan. Respublikachining avvalgi prezidentlik muddati Pekin bilan “savdo urushi” bilan belgilangan. Bundan tashqari, Tramp ikkinchi muddati oldidan BRIKS mamlakatlari dollarga muqobil valyuta yaratish rejalaridan voz kechmasa, ularga 100 foizlik savdo bojlari joriy etilishi bilan tahdid qilgan.