https://oz.sputniknews.uz/20241212/eoii-mamlakatlari-umumiy-moliya-bozori-47066517.html
YeOII mamlakatlari umumiy moliya bozorini shakllantirish masalasini muhokama qildi
YeOII mamlakatlari umumiy moliya bozorini shakllantirish masalasini muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
YeOII umumiy moliya bozorini shakllantirish konsepsiyasi doirasida moliyaviy xizmatlar provayderlari bozorlariga sho‘’ba korxonalari va ularning tijorat mavjudligi orqali o‘zaro kirishni ta’minlaydigan standartlashtirilgan litsenziya mexanizmini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.
2024-12-12T18:22+0500
2024-12-12T18:22+0500
2024-12-12T18:22+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
hujjatlar
bank
sug‘urta
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/18/45806519_0:17:650:383_1920x0_80_0_0_a1178e4202a3cbf829856681cdd68bf1.jpg
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati huzuridagi Moliya bozorlari bo‘yicha maslahat qo‘mitasida umumiy moliya bozorini shakllantirish va moliyaviy xizmatlar sohasidagi qonunchilikni uyg‘unlashtirishga yondashuvlar muhokama qilindi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.Yig‘ilish Moskva shahrida YeIK shtab-kvartirasida Komissiyaning iqtisodiyot va moliya siyosati vaziri Baxit Sultonov raisligida bo‘lib o‘tdi.Baxit Sultonovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hujjat bank va sug‘urta sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalarni o‘zaro tan olish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. Bundan tashqari, u yuridik va jismoniy shaxslar uchun moliyaviy xizmatlarning qulayligi, sifati va turlarini oshirish, moliya bozorida raqobatni rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan.Bitim loyihasida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektlar, shu jumladan, banklar va sug‘urta tashkilotlarining milliy moliya bozorlariga o‘zaro kirishi belgilab qo‘yiladi, bu esa sho‘’ba korxona shaklidagi yuridik shaxsni tashkil etish yoki uni qo‘lga kiritish jarayonini soddalashtiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20241211/eoii-baa-erkin-savdo-shartnoma-muzokara-47039441.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/18/45806519_59:0:592:400_1920x0_80_0_0_acd445710a1e614c71f22f6ca579315a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii umumiy moliya bozori
yeoii umumiy moliya bozori
YeOII mamlakatlari umumiy moliya bozorini shakllantirish masalasini muhokama qildi
YeOII umumiy moliya bozorini shakllantirish konsepsiyasi doirasida moliyaviy xizmatlar provayderlari bozorlariga sho‘’ba korxonalari va ularning tijorat mavjudligi orqali o‘zaro kirishni ta’minlaydigan standartlashtirilgan litsenziya mexanizmini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati huzuridagi Moliya bozorlari bo‘yicha maslahat qo‘mitasida umumiy moliya bozorini shakllantirish va moliyaviy xizmatlar sohasidagi qonunchilikni uyg‘unlashtirishga yondashuvlar muhokama qilindi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati
xabar berdi. Yig‘ilish Moskva shahrida YeIK shtab-kvartirasida Komissiyaning iqtisodiyot va moliya siyosati vaziri Baxit Sultonov raisligida bo‘lib o‘tdi.
YeOII umumiy moliya bozorini shakllantirish konsepsiyasi doirasida moliyaviy xizmatlar provayderlari bozorlariga sho‘’ba korxonalari va ularning tijorat mavjudligi orqali o‘zaro kirishni ta’minlaydigan standartlashtirilgan litsenziya mexanizmini joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Standartlashtirilgan litsenziya - bu bosh tashkilotning kelib chiqishi mamlakatining moliyaviy regulyatori tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma.
Baxit Sultonovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hujjat bank va sug‘urta sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalarni o‘zaro tan olish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. Bundan tashqari, u yuridik va jismoniy shaxslar uchun moliyaviy xizmatlarning qulayligi, sifati va turlarini oshirish, moliya bozorida raqobatni rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan.
“Kelishuv standartlashtirilgan litsenziya berish tartibi va shartlarini, talabnoma beruvchi va litsenziatga qo‘yiladigan talablarni, sho‘’ba korxonani tashkil etish yoki sotib olish tartibini belgilaydi”, — deya ta’kidladi YeIK vaziri.
Bitim loyihasida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektlar, shu jumladan, banklar va sug‘urta tashkilotlarining milliy moliya bozorlariga o‘zaro kirishi belgilab qo‘yiladi, bu esa sho‘’ba korxona shaklidagi yuridik shaxsni tashkil etish yoki uni qo‘lga kiritish jarayonini soddalashtiradi.