Boshqirdiston biznesi O‘zbekistonga qiziqish bildirmoqda — video
© Sputnik
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Biznesdan tashqari Boshqirdiston O‘zbekiston bilan ta’lim sohasida, turizm sohasida ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Boshqirdiston biznesi O‘zbekistonga qiziqish bildirmoqda, dedi Boshqirdiston tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi o‘rinbosari Lena Izotova Sputnik matbuot markazida.
"Boshqirdiston biznesi O‘zbekistonga qiziqish bildirmoqda. Bizning korxonalarimiz O‘zbekiston biznes vakillari bilan ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazmoqda, ko‘plab qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Demak ikki respublika biznes doiralarining ko‘plab tutash nuqtalari bor.
Shuning evaziga O‘zbekiston va Boshqirdiston orasida o‘zaro savdo hajmi ildam oshib bormoqda. Xususan, 2024-yilning 9 oyida ushbu ko‘rsatgich 29% oshdi.
Biznesdan tashqari Boshqirdiston O‘zbekiston bilan ta’lim sohasida, turizm sohasida ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
“Bizda “Boshqirdcha uzoq umr ko‘rish” degan dastur bor. Uning doirasida nafaqa yoshidagi fuqarolarimiz turli sanatoriyalarga borishadi, boshqa davlatlarga sayohat qilishadi. Yaqinda ana shunday guruhlar O‘zbekistonga sayohat qilishni boshlashdi.
Men O‘zbekistonda ham ana shunday dastur tashkil qilinishini va o‘zbekistonliklar bizning respublikaga kelishini kutib qolaman. Bizda yaxshi sanatoriylar bor, tog‘lar va boshqa tomosha qiladigan joylar bor”, - dedi Izotova.

Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.