https://oz.sputniknews.uz/20241211/ozbekiston-xitoy-universitet-it-talim-markaz-47037844.html
O‘zbekistonda Xitoy universitetining IT ta’lim markazi ochiladi
O‘zbekistonda Xitoy universitetining IT ta’lim markazi ochiladi
Sputnik O‘zbekiston
Xidian universiteti Toshkentdagi INHA universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. 11.12.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-12-11T11:12+0500
2024-12-11T11:12+0500
2024-12-11T11:12+0500
jamiyat
o‘zbekiston
xitoy
ta’lim
axborot texnologiyalari (it)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/13/45272367_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_25c917fed173cc0feacd5026172706ac.jpg
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. O‘zbekistonda Xitoy universitetining IT ta’lim markazi ochiladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosarining Xidian universiteti rahbariyati bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qilindi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.Uchrashuvda O‘zbekiston va XXR o‘rtasidagi mavjud hamkorlik aloqalarini raqamlashtirish, ta’lim va yangi innovatsiyalar orqali yanada mustahkamlash borasida hamda o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.Aytilishicha, universitet tomonidan 2025-yildan boshlab Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda o‘zbek yoshlari uchun raqamlashtirish sohasiga qaratilgan ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi.Vazir o‘rinbosari tomonidan raqamli ta’limni rivojlantirish va XXRning ilg‘or tajribasini O‘zbekistonda joriy etish uchun malakali mutaxassisni o‘zbek universitetiga jalb qilish taklif etildi.Uchrashuv yakunida, universitet Toshkent shahridagi INHA universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.Ma’lumot uchun, Xidian universiteti 1931-yil tashkil topgan bo‘lib, Xitoydagi yetakchi universitetlardan biri hisoblanadi. Universitet elektronika, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohalarida kuchli ilmiy bazasi bilan mashhur.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/13/45272367_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_89000075c0917cac6a66d376ddbbff10.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, xitoy, ta’lim, axborot texnologiyalari (it)
jamiyat, o‘zbekiston, xitoy, ta’lim, axborot texnologiyalari (it)
O‘zbekistonda Xitoy universitetining IT ta’lim markazi ochiladi
Xidian universiteti Toshkentdagi INHA universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. O‘zbekistonda Xitoy universitetining IT ta’lim markazi ochiladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosarining Xidian universiteti rahbariyati bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qilindi, deya xabar berdi vazirlik
matbuot xizmati. Uchrashuvda O‘zbekiston va XXR o‘rtasidagi mavjud hamkorlik aloqalarini raqamlashtirish, ta’lim va yangi innovatsiyalar orqali yanada mustahkamlash borasida hamda o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Aytilishicha, universitet tomonidan 2025-yildan boshlab Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda o‘zbek yoshlari uchun raqamlashtirish sohasiga qaratilgan ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi.
“Universitetning O‘zbekistonda o‘z filialini tashkil qilish masalasi ham tegishli darajada muhokama qilinayotgani va imkoniyatlar o‘rganilayotgani ma’lum qilindi hamda universitet tomonidan O‘zbekistonda IT ta’lim markazi tashkil etilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi”, — deyilgan xabarda.
Vazir o‘rinbosari tomonidan raqamli ta’limni rivojlantirish va XXRning ilg‘or tajribasini O‘zbekistonda joriy etish uchun malakali mutaxassisni o‘zbek universitetiga jalb qilish taklif etildi.
Uchrashuv yakunida, universitet Toshkent shahridagi INHA universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ma’lumot uchun, Xidian universiteti 1931-yil tashkil topgan bo‘lib, Xitoydagi yetakchi universitetlardan biri hisoblanadi. Universitet elektronika, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohalarida kuchli ilmiy bazasi bilan mashhur.