https://oz.sputniknews.uz/20241211/ozbekiston-rossiya-yuk-tashuvchilar-muammolar-47043262.html
O‘zbekiston va Rossiya yuk tashuvchilarning tizimli muammolarini hal etishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Rossiya yuk tashuvchilarning tizimli muammolarini hal etishga kelishib oldi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya hududida O‘zbekiston xalqaro yuk tashuvchilari duch kelayotgan muammolar muhokama etildi. 11.12.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-12-11T16:24+0500
2024-12-11T16:24+0500
2024-12-11T16:24+0500
iqtisod
o‘zbekiston
rossiya
yuk
transport
bojxona
chegara
chegara xizmati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/0f/46632836_0:200:2929:1848_1920x0_80_0_0_06416bef135524d28793cbd1ec9e1feb.jpg
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya chegara o‘tkazish punktlaridagi tizimli muammolarni birgalikda hal etishga kelishib oldi, deya xabar berdi Transport vazirligi. Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi rahbariyati Rossiya Federatsiyasi Bojxona xizmatining O‘zbekistondagi vakili bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari va Rossiya hududida O‘zbekiston xalqaro yuk tashuvchilari duch kelayotgan muammolar va ularning yechmi bilan bog‘liq holatlar muhokama etildi. Aytilishicha, tashilayotgan yuk Federal bojxona xizmatining xavflarni boshqarish tizimida avtomatik tarzda “xavf” ko‘rsatganligi sababli Bojxona xodimlari o‘rnatilgan tartibda yukni ko‘zdan kechirgan va namuna olib maxsus laboratoriyaga yuborgan. Laboratoriyadan javob kelmagunicha avtotransport vositasiga harakatini davom ettirishga ruxsat berilmaydi. Ushbu vaziyat bo‘yicha avtotransport vositasi haydovchisi bilan muloqot o‘tkazilib, holat bo‘yicha tushuntirish berildi. Uchrashuv yakunida tomonlar tizimli muammolarni birgalikda hal etish bo‘yicha choralar ko‘rishga kelishib oldi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/0f/46632836_100:0:2831:2048_1920x0_80_0_0_14684168dd4e2c52dae44260db0aad5c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, rossiya, yuk , transport, bojxona, chegara, chegara xizmati
iqtisod, o‘zbekiston, rossiya, yuk , transport, bojxona, chegara, chegara xizmati
O‘zbekiston va Rossiya yuk tashuvchilarning tizimli muammolarini hal etishga kelishib oldi
Rossiya hududida O‘zbekiston xalqaro yuk tashuvchilari duch kelayotgan muammolar muhokama etildi.
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya chegara o‘tkazish punktlaridagi tizimli muammolarni birgalikda hal etishga kelishib oldi, deya xabar berdi
Transport vazirligi. Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi rahbariyati Rossiya Federatsiyasi Bojxona xizmatining O‘zbekistondagi vakili bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari va Rossiya hududida O‘zbekiston xalqaro yuk tashuvchilari duch kelayotgan muammolar va ularning yechmi bilan bog‘liq holatlar muhokama etildi.
“Latviyaga eksport yuki (nikel qotishmalarining chiqindilari va parchalari) tashiyotgan O‘zbekiston avtotransport vositasi joriy yilning 28-noyabr kunidan beri Rossiyaning "Ubilinka" chegara o‘tkazish punktida ushlab turilganligi holati yuzasidan "Ubilinka" bojxona posti rahbariyati bilan muloqot o‘tkazilib vaziyatga oydinlik kiritildi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, tashilayotgan yuk Federal bojxona xizmatining xavflarni boshqarish tizimida avtomatik tarzda “xavf” ko‘rsatganligi sababli Bojxona xodimlari o‘rnatilgan tartibda yukni ko‘zdan kechirgan va namuna olib maxsus laboratoriyaga yuborgan.
Laboratoriyadan javob kelmagunicha avtotransport vositasiga harakatini davom ettirishga ruxsat berilmaydi. Ushbu vaziyat bo‘yicha avtotransport vositasi haydovchisi bilan muloqot o‘tkazilib, holat bo‘yicha tushuntirish berildi.
“O‘zbekiston yuk tashuvchilarini Rossiya – Latviya chegara o‘tkazish punktlarida ushlab turish, Rossiya hududiga kirishda plomba qo‘yib, Rossiyadan chiqishda plombani yechish va yana yuklarni majburan tushirib qayta ko‘rikdan o‘tkazish bilan bog‘liq holatlar, "Krasnaya gorka", "Rudnya" va "Krasniy kamen" chegara o‘tkazish punktlaridagi cheklovlarni olib tashlash va boshqa masalalar muhokama etildi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Uchrashuv yakunida tomonlar tizimli muammolarni birgalikda hal etish bo‘yicha choralar ko‘rishga kelishib oldi.