O‘zbekistonlik mutaxassislarga sog‘liqni saqlash sohasida MDH sertifikatlari topshirildi

© Ispolnitelniy komitet Sodrujestva Nezavisimix GosudarstvMinistri zdravooxraneniya stran SNG podveli itogi sovmestnoy deyatelnosti za 2024 god
Ministri zdravooxraneniya stran SNG podveli itogi sovmestnoy deyatelnosti za 2024 god  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2024
Obuna bo‘lish
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori va markaz o‘rinbosari MDH Ijroiya qo‘mitasining sertifikatlari topshirildi.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik mutaxassislarga sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Ijroiya qo‘mitasining sertifikatlari topshirildi, deya xabar berdi qo‘mita matbuot xizmati.
Sankt-Peterburgda MDH sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik kengashining 37-majlisi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari, MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi va MDH Ijroiya qo‘mitasi komissiyalari raislari ishtirok etdi.
© Ispolnitelniy komitet Sodrujestva Nezavisimix GosudarstvMinistri zdravooxraneniya stran SNG podveli itogi sovmestnoy deyatelnosti za 2024 god
Ministri zdravooxraneniya stran SNG podveli itogi sovmestnoy deyatelnosti za 2024 god  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2024
Ministri zdravooxraneniya stran SNG podveli itogi sovmestnoy deyatelnosti za 2024 god
Yig‘ilish ishtirokchilari joriy yilda Kengash doirasida 150 tadan ortiq tadbir o‘tkazilgani, 200 taga yaqin masala ko‘rib chiqilgani, shuningdek, aholi salomatligini muhofaza qilish sohasida hamkorlik konsepsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar kelishib olingani qayd etildi.
MDHga a’zo davlatlar hududlarining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va sanitariya muhofazasini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Kengash a’zolari tomonidan transfuziologiya va hududlarni sanitariya muhofazasi sohasida qator uslubiy hujjatlar tasdiqlandi.
Rossiya Federatsiyasining MDH platformasida bolalar va kattalar travmatologiyasi va ortopediyasi, shuningdek, gematologiya sohasida uchta yangi asosiy tashkilotni tashkil etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.
Kengash a’zolari, tayanch tashkilot rahbarlari va komissiyalar raislarining tashabbuslarini inobatga olgan holda Kengashning kelgusi yilga mo‘ljallangan asosiy faoliyati rejasi tasdiqlandi.
© Ispolnitelniy komitet Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv
Ministri zdravooxraneniya stran SNG podveli itogi sovmestnoy deyatelnosti za 2024 god  - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Ispolnitelniy komitet Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv
Ministri zdravooxraneniya stran SNG podveli itogi sovmestnoy deyatelnosti za 2024 god  - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Ispolnitelniy komitet Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv
Ministri zdravooxraneniya stran SNG podveli itogi sovmestnoy deyatelnosti za 2024 god  - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Ispolnitelniy komitet Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv
Ministri zdravooxraneniya stran SNG podveli itogi sovmestnoy deyatelnosti za 2024 god  - Sputnik O‘zbekiston
4/4
1/4
2/4
3/4
4/4

“Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedevning farmoyishiga muvofiq, MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Natalya Nodirxanova va markaz o‘rinbosari Ayubxon Qayumovga MDH Ijroiya qo‘mitasining sertifikatlari topshirildi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, 2025-yilda Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Kengashga raislik qiladi.
Yangiliklar lentasi
0