https://oz.sputniknews.uz/20241210/ozbekiston-malayziya-aqlli-shaharlar-hamkorlik-47023369.html
O‘zbekiston Malayziya bilan "aqlli" shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qiladi
O‘zbekiston Malayziya bilan "aqlli" shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Malayziya bilan "aqlli" shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qiladi
2024-12-10T09:01+0500
2024-12-10T09:01+0500
2024-12-10T10:15+0500
jamiyat
o‘zbekiston
malayziya
shahar
axborot texnologiyalari (it)
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/15/39162356_91:422:2981:2048_1920x0_80_0_0_d64787ce8a16796ab3617d9e17b785d5.jpg
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Malayziya "aqlli" shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi "Dunyo" AA. O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziya "Aqlli" shaharlar alyansi raisi Raslan Ahmad bilan uchrashdi. Muloqot davomida quyidagilar muhokama etildi: Ma’lumot uchun, Malayziya "Aqlli" shaharlar alyansi 2018-yilda tashkil etilgan. Tashkilot davlat tuzilmalari, xususiy kompaniyalar, investorlar, o‘rta va kichik biznes, ilmiy-ta’lim muassasalarini birlashtiradi. "Aqlli" va barqaror shaharlarni rivojlantirish yo‘nalishida davlat-xususiy sherikligini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajriba almashish, "aqlli shahar" innovatsion, texnologik va barqaror yechimlar almashinuvini rag‘batlantirish, anjuman va ko‘rgazmalar tashkil qilish bilan shug‘ullanadi.
o‘zbekiston
malayziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/15/39162356_636:466:2745:2048_1920x0_80_0_0_47e2d83e3e2946e199e79e533509e8a2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston malayziya "aqlli" shaharlar "aqlli" shaharlar alyansi
o‘zbekiston malayziya "aqlli" shaharlar "aqlli" shaharlar alyansi
O‘zbekiston Malayziya bilan "aqlli" shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qiladi
09:01 10.12.2024 (yangilandi: 10:15 10.12.2024) O‘zbekiston elchisi Malayziya "Aqlli" shaharlar alyansi raisi bilan uchrashdi.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Malayziya "aqlli" shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi
"Dunyo" AA. O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziya "Aqlli" shaharlar alyansi raisi Raslan Ahmad bilan uchrashdi.
Muloqot davomida quyidagilar muhokama etildi:
"aqlli" shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
o‘zaro tajriba almashish;
Malayziyaning Putrajayya ma’muriy shahri va "Sunway City" shaharchasi misolida muvaffaqiyatli tajribalarni o‘rganish;
o‘zaro tashriflar va qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlarini uyushtirish.
“Muzokaralar natijasida O‘zbekiston vakillari uchun "aqlli shahar"lar, raqamli transformatsiya, sirkulyar iqtisodiyot, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv mavzularda qisqa muddatli o‘quv va malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish, Malayziya "Aqlli" shaharlar alyansi vakillari tashrifini tashkil qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Malayziya "Aqlli" shaharlar alyansi 2018-yilda tashkil etilgan. Tashkilot davlat tuzilmalari, xususiy kompaniyalar, investorlar, o‘rta va kichik biznes, ilmiy-ta’lim muassasalarini birlashtiradi.
"Aqlli" va barqaror shaharlarni rivojlantirish yo‘nalishida davlat-xususiy sherikligini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajriba almashish, "aqlli shahar" innovatsion, texnologik va barqaror yechimlar almashinuvini rag‘batlantirish, anjuman va ko‘rgazmalar tashkil qilish bilan shug‘ullanadi.