Birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi ikki barobar oshiriladi — vazirlik

© Sputnik / Natalya SeliverstovaAvtozapravochnaya stansiya.
Avtozapravochnaya stansiya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2024
Obuna bo‘lish
Ayrim hududlardagi gaz zapravkalar faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilmoqda.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi ikki barobar oshiriladi, deya xabar berdi O‘zbekiston Energetika vazirligi.
Aytilishicha, sovuq havo oqimi natijasida ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (gaz zapravkalar) faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli cheklov munosabati bilan birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi vaqtinchalik ikki karra oshiriladi.
Buning uchun barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgan.

“Talab va taklifga qarab birja savdolariga joylashtirilayotgan avtobenzin hajmini yanada oshirish imkoniyati mavjudligi ma’lum qilinadi. Iste’molchilarning avtobenzinga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish masalasi davlat nazoratiga olingan”, — deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, joriy kuz-qish mavsumida mamlakat aholisini avtobenzin bilan zarur miqdorda hamda uzluksiz ta’minlash yuzasidan barcha zaruriy choralar ko‘rilgan.
“Shu o‘rinda xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sun’iy ravishda oshirmasliklarini, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan to‘g‘ri sotishlarini so‘raymiz”, — deyilgan vazirlik xabarida.
Hozirgi vaqtda ishchi guruhlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0