Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya maxsus harbiy operatsiya hududidagi jangchilar bilan faxrlanadi — Putin

© POOL / Mediabankka o‘tishOfitsialniy vizit prezidenta Vladimira Putina v Mongoliyu
Ofitsialniy vizit prezidenta Vladimira Putina v Mongoliyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2024
Obuna bo‘lish
Putin: Rossiya maxsus harbiy operatsiya hududida jang qilayotgan askarlarning jasorati bilan faxrlanadi.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Rossiya maxsus harbiy operatsiya zonasida jang qilayotgan askarlarning jasorati bilan faxrlanadi, dedi mamlakat prezidenti Vladimir Putin Rossiya Qahramonlarini “Zolotaya Zvezda” (Oltin Yulduz) medallari bilan taqdirlash marosimida.
“Biz ularning har biri (qahramonlari – tahr.) – bizdan ancha oldin yashab o‘tganlar ham, zamondoshlarimiz bilan ham faxrlanamiz. Maxsus harbiy operatsiya zonasida jang qilayotgan askarlarimiz jasoratidan faxrlanamiz. Ularning qat’iyati g‘alaba qozonishimizga hech kimda shubha qoldirmaydi”, — dedi Putin.
Tantanali tadbir mamlakatda har yili 9-dekabr kuni nishonlanadigan Vatan qahramonlari kuniga bag‘ishlandi. Marosim Katta Kreml saroyining Georgiy zalida bo‘lib o‘tdi.
Putin o‘z so‘zida “hech kim Rossiyani sindira olmaydi - biz tomonda haqiqat, ruhning kuchi va qurollari bor”, deb aytdi.
Yangiliklar lentasi
0