O‘zbekistonlik mutaxassislar Rossiyada dizayn va marketing bo‘yicha malaka oshirishmoqda

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Mediabankka o‘tishObrazsi tkaney v vistavochnom zale
Obrazsi tkaney v vistavochnom zale - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2024
Obuna bo‘lish
Xorazm viloyati to‘qimachilik sanoati mutaxassislari Ivanovo va Moskva shaharlarida malaka oshirmoqda.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. O‘zbekiston to‘qimachilik mutaxassislari Rossiyada dizayn va marketing bo‘yicha malaka oshirishmoqda, deya xabar berdi Savdo-sanoat palatasi (SSP).
Shu yilning 8-17 dekabr kunlari O‘zbekiston SSP ko‘magida Rossiyaning Ivanovo va Moskva shaharlariga Xorazm viloyati to‘qimachilik sanoati mutaxassislarining tashrifi amalga oshirilmoqda.
Tashrifdan maqsad Rossiyaning to‘qimachilik dizayni va marketing sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish va malaka oshirish, shuningdek, xorijiy ekspertlar va mutaxassislar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.
Tashrif doirasida yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuvlar, zavod tashriflari, seminarlar va taqdimotlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Quyidagi tashriflar rejalashtirilgan:
9-11 dekabr kunlari “Dilan tekstil” korxonasiga;
12-13 dekabr kunlari “Shuyskie sitsi” va “Mirteks” korxonalarida malakalar o‘tash;
14-15 dekabr kunlari Moskva savdo nuqtalariga;
16 dekabr kuni “TRIO” to‘qimachilik studiyasiga va “Filimonova Textile” korxonasiga;
17 dekabr kuni esa Rossiya moda sanoati assotsiatsiyasiga, “Solstudio Indastri” korxonasiga va Britaniya dizayn maktabiga.
Qayd etilishicha, mazkur tashriflar O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining raqobatbardoshligini oshirish, zamonaviy dizayn va marketing usullarini joriy etish, shuningdek, xalqaro miqyosdagi mutaxassislar bilan hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0