Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeIK Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish ko‘rsatkichlari bo‘yicha yangi hisobot tayyorlamoqda

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote sammita YeAES v Bishkeke
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote sammita YeAES v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2024
Obuna bo‘lish
Hisobot taqdimoti kelasi yil bo‘lib o‘tadigan Barqaror rivojlanish bo‘yicha yuqori darajadagi siyosiy forum doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Yevroosiyo mintaqasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishish ko‘rsatkichlari bo‘yicha yangi hisobotni taqdim etadi. Bu haqda YeIK hay’ati raisi Bakitjon Sagintayev ma’lum qildi.
Olmaotada Yevroosiyo taraqqiyot bankining Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘zga chiqqan YeIK Hay’ati rahbari Yevroosiyo mintaqasi mamlakatlari duch kelayotgan global muammolar qatorida odamlar hayotining barcha jabhalari, jumladan, iqtisodiyotga ham ta’sir ko‘rsatuvchi iqlim o‘zgarishi bor deya, qayd etdi.

“Ushbu masalaning ahamiyatini inobatga olgan holda 2021-yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlat rahbarlari iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurash doirasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish niyati to‘g‘risida bayonot qabul qilishdi, - dedi Sagintayev. – U Parij kelishuvi va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga YeOII yagona bozorining ishlash tamoyillari asosida erishish niyatini ifodalaydi."

Uning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiy integratsiya YeOII mamlakatlari tomonidan BRM ko‘rsatkichlariga erishishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan qo‘shimcha omilga aylanishi mumkin. Sagintayev, shuningdek, joriy yilda Komissiya “YeOII mintaqasida BMT BRMga erishish ko‘rsatkichlari 2.0” yangi hisobotini tayyorlashni boshlaganini aytdi. 2025-yil iyul oyida bo‘lib o‘tadigan Barqaror rivojlanish bo‘yicha yuqori darajadagi siyosiy forum doirasida BMT shtab-kvartirasida taqdimot o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
YeAES-2023. Rabota foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2024
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIning ichki bozorlari kontrafaktdan qanday himoya qilinmoqda?
Yangiliklar lentasi
0