Boks: O‘zbekiston Osiyo chempionatida yetakchilikni namoyish etmoqda
10:10 09.12.2024 (yangilandi: 10:22 09.12.2024)
© NOK 13 predstaviteley Uzbekistana podnimutsya na ring za vixod v final ChM sredi molodoji
© NOK
Obuna bo‘lish
Tailanddagi chempionatda erkaklar terma jamoasi ishtirokchi davlatlar orasida eng ko‘p finalchiga ega bo‘ldi.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Tailandda o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida yana 10 nafar o‘zbekistonlik bokschi g‘alaba qozondi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Tailandda yakuniga yetib borayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi qit’adagi yetakchiligini yana bir bor namoyish etmoqda.
Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan yarim final janglarida ringga ko‘tarilgan 11 nafar bokschidan 10 nafari g‘alaba qozonib, 11-dekabr kuniga belgilgangan final bosqichiga yo‘l oldi.
Bu bilan erkaklar terma jamoasi ishtirokchi davlatlar orasida eng ko‘p finalchiga ega bo‘ldi.
Natijalar:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev - Bran Barikuatro (Filippin) 5:0
-51 kg: Asilbek Jalilov - Pasindu Godakandalage (Shri-Lanka) 5:0
-54 kg: Shahzod Muzaffarov - Elmir Nabiyev (Ukraina) 5:0
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Klark Bautista (Filippin) 5:0
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov - Eshley Fajardo (Filippin) 3:0
-67 kg: Mujbillo Tursunov - Bunjong Sinsiri (Tailand) 5:0
-71 kg: Havasbek Asadullayev - Bamba-Erdene Otgonbaatar (Mo‘g‘iliston) 4:1
-75 kg: Javohir Ummataliyev - Cheng-En Liu (Xitoy Taypeyi) nokaut
-80 kg: To‘rabek Habibullayev - Yerassil Jakpekov (Qozog‘iston) 4:3
-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Ahmadjon Saidov (Tojikiston) 5:0
+92 kg: Jahongir Zokirov - Oybek Oralbay (Qozog‘iston) 0:5
Avvalroq boks bo‘yicha Osiyo chempionatida ayollar o‘rtasidagi yarim final janglarida O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar a’zosi g‘alaba qozonib, 10-dekabr kuni kechadigan chempionlik jangida ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. 2 nafar bokschi esa musobaqani bronza medali bilan yakunladi.