YeIK va Qirg‘iziston bojxona hamkorligi masalalari muhokama qilindi
© Sputnik / Tabildi Kadirbekov
/ Obuna bo‘lish
Navigatsiya muhrlarini qo‘llash to‘g‘risidagi bitimning amalga oshirilishi, bojxona tranzitining bojxona tartib-qoidalari, axborot almashinuvi va bojxona sohasidagi umumiy jarayonlarni amalga oshirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Yevroosiyo hukumatlararo kengashining bojxona qiymati nazorati bo‘yicha yondashuvlarni birlashtirishga oid ko‘rsatmalarini amalga oshirish yuzasidan konstruktiv va batafsil muhokama bo‘lib o‘tdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) bojxona hamkorligi bo‘yicha vaziri Ruslan Davidov Qirg‘iziston Moliya vazirligi huzuridagi Davlat bojxona xizmati raisi Samat Isabekov bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
© Press-slujba YeEKMinistr po tamojennomu sotrudnichestvu YeEK provel vstrechu s Predsedatelem Gosudarstvennoy tamojennoy slujbi pri Minfine Kirgizstana.
Ministr po tamojennomu sotrudnichestvu YeEK provel vstrechu s Predsedatelem Gosudarstvennoy tamojennoy slujbi pri Minfine Kirgizstana.
© Press-slujba YeEK
Uchrashuvda Navigatsiya muhrlarini qo‘llash to‘g‘risidagi bitimning amalga oshirilishi, bojxona tranzitining bojxona tartib-qoidalari, axborot almashinuvi va bojxona sohasidagi umumiy jarayonlarni amalga oshirish masalalari ham diqqat markazida bo‘ldi.
“Smart Baji” yangi bojxona axborot tizimi taqdimoti bo‘lib o‘tdi, uning platformasida bojxona operatsiyalari va bojxona nazorati bo‘yicha kompleks yechimlarni joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu tizimning ishga tushirilishi transport vositalarining nazorat-o‘tkazish punktlaridan o‘tish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi.
© Press-slujba YeEKMinistr po tamojennomu sotrudnichestvu YeEK provel vstrechu s Predsedatelem Gosudarstvennoy tamojennoy slujbi pri Minfine Kirgizstana.
Ministr po tamojennomu sotrudnichestvu YeEK provel vstrechu s Predsedatelem Gosudarstvennoy tamojennoy slujbi pri Minfine Kirgizstana.
© Press-slujba YeEK
Ruslan Davidov Qirg‘iziston bojxona xizmatining raqamlashtirish sohasida olib borayotgan ishlarini qayd etib, eng yaxshi jahon standartlarini hisobga olgan holda yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish uchun YeOII mamlakatlari bojxona xizmatlari o‘rtasida tajriba almashish muhimligini ta’kidladi.
YeIK vaziri o‘z hamkasblariga samarali hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi, shuningdek, Ittifoqning asosiy maqsadlaridan biri – uning butun hududida yagona bojxona tartibga solishni ta’minlashga erishish yo‘lida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga ishonch bildirdi.