O‘zbekistonlik Jasurbek Komilov Putin bilan uchrashdi — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Jasurbek Komilov Rossiya prezidentiga Ulug‘ Vatan urushi yillarida O‘zbekiston evakuatsiya qilinganlarni qanday qabul qilganini aytib berdi.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Kecha Rossiyada Ko‘ngillilar kuni munosabati bilan #MIVMESTE ko‘ngillilar forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etib, ko‘ngillilar tanlovi g‘oliblarini tabrikladi.

G‘oliblar orasida o‘zbekistonlik ko‘ngilli Jasurbek Komilov ham bor edi. U “Rossiya bilan tanishing” va “Yevroosiyo yetakchilari” dasturlarining ishtirokchisi.

Ko‘ngillilarni taqdirlash marosimida u Vladimir Putin bilan birga sahnada turdi. Shundan so‘ng Jasurbek prezident bilan yopiq uchrashuvda bo‘lib, "Yevroosiyo" ANT uning Moskvaga tashrif buyurish va GUMda muzqaymoq yeyish — bolalik orzusini amalga oshirishda yordam berganini aytib berdi.
Shuningdek, Jasurbek Komilov Putinga Ulug‘ Vatan urushi yillarida O‘zbekiston evakuatsiya qilinganlarni qanday qabul qilganini aytib berdi.

“O‘sha og‘ir yillarda O‘zbekistonda birorta ham mehribonlik uyi ochilmagan, O‘zbekistonga kelgan barcha yetim bolalarni oilalar o‘z bag‘riga olgan. 2025-yilda G‘alabaning 80-yilligini nishonlash biz uchun juda muhim", – dedi #MIVMESTE ko‘ngillilar forumi finalchisi.

"Bepoyon Vatanimiz bo‘ylab xayr-saxovat, ko‘makka muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash hissi xalqimiz qalbida asrlar davomida bo‘lgan. Yoshlarning bu ishni amalga oshirayotgani ikki, uch karra muhim. Bu yosh avlod ham ota-bobolarimiz qalbida bo‘lgan ezgu ishlarni o‘z zimmasiga olayotganini anglatadi. Bu mamlakatimizni ichkaridan mustahkamlaydi”, — dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin ko‘ngillilar bilan uchrashuvda.
Ko‘ngillilar tanlovi “Yevroosiyo” ANT tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, unda 142 ta davlatdan 50 mingdan ortiq arizalar kelib tushdi. Forumda 40 ta davlat ko‘ngillilari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0