https://oz.sputniknews.uz/20241205/ozbekiston-xodimlar-malaka-rossiya-hamkorlik-46955568.html
O‘zbekiston xodimlar malakasini oshirishda Rossiya bilan hamkorlik qiladi
O‘zbekiston xodimlar malakasini oshirishda Rossiya bilan hamkorlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi rektori bilan uchrashdi. 05.12.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-12-05T15:14+0500
2024-12-05T15:14+0500
2024-12-05T15:14+0500
siyosat
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
ta’lim
malaka oshirish
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/05/46955254_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_acfe53e6424a9a0e6ffa1151ade7ffd7.jpg
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi (RXXDBA) rektori Aleksey Komissarov bilan uchrashdi. Suhbatda tomonlar Rossiyaning yetakchi ilm-fan va ta’lim muassasasi RXXDBA negizida respublika davlat organlarining 150 nafar vakili uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha olib borilgan dastlabki ishlar natijalarini muhokama qilishdi. O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirishdagi dolzarb muammolarni hal etish uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlash maqsadida modullar mavzulari bo‘yicha tegishli takliflar kiritildi. Tadbir yakunlari bo‘yicha tomonlar memorandumning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ishonch bildirishdi. Aytilishicha, bu o‘z navbatida davlat organlarini kadrlar bilan ta’minlash sifatini oshirishga xizmat qiladi. Akademik, ilmiy va madaniy almashinuvlar hamda ta’lim va madaniy dasturlarni amalga oshirish sohasidagi O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining yanada chuqurlashishiga ishonch bildirildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/05/46955254_71:0:1210:854_1920x0_80_0_0_8fc65101e85b46f426f102cd1e91fc61.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, ta’lim, malaka oshirish, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
siyosat, jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, ta’lim, malaka oshirish, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
O‘zbekiston xodimlar malakasini oshirishda Rossiya bilan hamkorlik qiladi
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi rektori bilan uchrashdi.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi, deya xabar berdi vazirlik
matbuot xizmati. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi (RXXDBA) rektori Aleksey Komissarov bilan uchrashdi.
Suhbatda tomonlar Rossiyaning yetakchi ilm-fan va ta’lim muassasasi RXXDBA negizida respublika davlat organlarining 150 nafar vakili uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha olib borilgan dastlabki ishlar natijalarini muhokama qilishdi.
O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirishdagi dolzarb muammolarni hal etish uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlash maqsadida modullar mavzulari bo‘yicha tegishli takliflar kiritildi.
“Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Tadbir yakunlari bo‘yicha tomonlar memorandumning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ishonch bildirishdi.
Aytilishicha, bu o‘z navbatida davlat organlarini kadrlar bilan ta’minlash sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Akademik, ilmiy va madaniy almashinuvlar hamda ta’lim va madaniy dasturlarni amalga oshirish sohasidagi O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining yanada chuqurlashishiga ishonch bildirildi.