https://oz.sputniknews.uz/20241205/ozbekiston--xaea-atom-hamkorlik-46954514.html
O‘zbekiston XAEA bilan atom sohasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston XAEA bilan atom sohasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi
Sputnik O‘zbekiston
5 dekabr kuni Samarqand shahrida Atom energiyasidan foydalanish masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
2024-12-05T09:08+0500
2024-12-05T09:08+0500
2024-12-05T10:16+0500
iqtisod
o‘zbekiston
xaea
shavkat mirziyoyev
samarqand
atom energetikasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/05/46954348_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_06c10da8fc90b4675107eda91177de28.jpg
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori Rafael Grossi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Davlat rahbari XAEA delegatsiyasi O‘zbekiston vazirliklari, idoralari va ilmiy muassasalarida o‘tkazgan uchrashuv va tadbirlarning natijalarini yuqori baholadi.5 dekabr kuni Samarqand shahrida sohadagi yetakchi xorijiy ekspertlar ishtirokida bo‘lib o‘tadigan Atom energiyasidan foydalanish masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiya birgalikda tashkil etilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.Milliy agentliklarning kompetensiyalari va salohiyatini oshirish, XAEA dasturlari doirasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, yadro energetikasi, qishloq xo‘jaligi, suvdan foydalanish, sog‘liqni saqlash, ekologiya sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.O‘zbekiston 1994-yildan buyon XAEA a’zosidir. Bu davr mobaynida ushbu nufuzli tashkilotning texnik ko‘magini jalb etgan holda 40 dan ortiq qo‘shma loyiha amalga oshirildi. Hozirda milliy tuzilmalarning huquqiy bazasi va salohiyatini takomillashtirish, yadro fani, tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha va boshqa yo‘nalishlarda 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20241204/magate-direktor-ozbekiston-tashrif-46950955.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/05/46954348_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_10eb1d41daba3b1649203cb496c6a725.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev rafael grossi magate
shavkat mirziyoyev rafael grossi magate
O‘zbekiston XAEA bilan atom sohasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi
09:08 05.12.2024 (yangilandi: 10:16 05.12.2024) Mirziyoyev XAEA delegatsiyasi O‘zbekiston vazirliklari, idoralari va ilmiy muassasalarida o‘tkazgan uchrashuv va tadbirlarning natijalarini yuqori baholadi.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori Rafael Grossi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Davlat rahbari XAEA delegatsiyasi O‘zbekiston vazirliklari, idoralari va ilmiy muassasalarida o‘tkazgan uchrashuv va tadbirlarning natijalarini yuqori baholadi.
5 dekabr kuni Samarqand shahrida sohadagi yetakchi xorijiy ekspertlar ishtirokida bo‘lib o‘tadigan Atom energiyasidan foydalanish masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiya birgalikda tashkil etilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Milliy agentliklarning kompetensiyalari va salohiyatini oshirish, XAEA dasturlari doirasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, yadro energetikasi, qishloq xo‘jaligi, suvdan foydalanish, sog‘liqni saqlash, ekologiya sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.
“Uchrashuv yakunida tinch atom sohasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston 1994-yildan buyon XAEA a’zosidir. Bu davr mobaynida ushbu nufuzli tashkilotning texnik ko‘magini jalb etgan holda 40 dan ortiq qo‘shma loyiha amalga oshirildi. Hozirda milliy tuzilmalarning huquqiy bazasi va salohiyatini takomillashtirish, yadro fani, tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha va boshqa yo‘nalishlarda 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda.