https://oz.sputniknews.uz/20241204/taker-karlson-lavrov-intervyu-46944437.html
Amerikalik jurnalist Taker Karlson Lavrovdan intervyu oldi
Amerikalik jurnalist Taker Karlson Lavrovdan intervyu oldi
Sputnik O‘zbekiston
Amerikalik jurnalist Taker Karlsonning aytishicha, u Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan suhbat uchun Moskvaga keldi.
2024-12-04T11:01+0500
2024-12-04T11:01+0500
2024-12-04T11:03+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
aqsh
ukraina
rossiya
sergey lavrov
vladimir zelenskiy
jurnalist
intervyu
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/04/46945170_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_79cfcdab6e1acdefac2c1084bc4e66f8.jpg
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Amerikalik jurnalist Taker Karlsonning aytishicha, u Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan suhbat uchun Moskvaga kelgan. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.Karlsonning qayd etishicha, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan suhbatlashish uchun Moskvaga qelgan va allaqachon suhbatni yozib olgan.Jurnalistning ta’kidlashicha, suhbatni yozib olish endigina yakunlangan va tez orada e’lon qilinadi. Karlson o‘z so‘zida Lavrov dunyodagi eng uzoq muddat xizmat qilgan tashqi ishlar vaziri ekanligini aytib o‘tdi.U Lavrovga bergan savollarining ayrimlarini ham ochiqladi: Biz Rossiya va AQSh o‘rtasidagi misli ko‘rilmagan mojaro tomon ketapmizmi? Rossiyani... Xitoyning ta’sir doirasidan G‘arb ta’sir doirasiga qaytarishning yo‘li bormi? Bu ittifoq doimiymi? Donald Trampning saylanishi esa dunyoni, AQSh iqtisodiyotini, global iqtisodiyotni o‘zgartirayotgan va bu sayyoradagi har bir inson hayotini xavf ostiga qo‘yayotgan bu urushning tugashini anglatadimi?Taker Karlson, shuningdek, Zelenskiy bilan intervyu olish taqiqlanganini ham aytib o‘tdi. Uning qayd etishicha, AQShning Kiyevdagi elchixonasi Vladimir Zelenskiyga intervyu berishga ruxsat bermagan.Zelenskiy o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan va hokimiyatda qolishda davom etmoqda — Taker Karlson
https://oz.sputniknews.uz/20240209/putin-taker-karlsonga-nima-dedi--eng-muhim-fikrlar-42425551.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/04/46945170_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_1ff131bcc9be7c6a67311482d4763554.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
taker karlson sergey lavrov intervyu
taker karlson sergey lavrov intervyu
Amerikalik jurnalist Taker Karlson Lavrovdan intervyu oldi
11:01 04.12.2024 (yangilandi: 11:03 04.12.2024) Taker Karlson Lavrov bilan suhbatlashish uchun Moskvaga keldi.
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Amerikalik jurnalist Taker Karlsonning aytishicha, u Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan suhbat uchun Moskvaga kelgan. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida
ma’lum qildi. Karlsonning qayd etishicha, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan suhbatlashish uchun Moskvaga qelgan va allaqachon suhbatni yozib olgan.
Jurnalistning ta’kidlashicha, suhbatni yozib olish endigina yakunlangan va tez orada e’lon qilinadi. Karlson o‘z so‘zida Lavrov dunyodagi eng uzoq muddat xizmat qilgan tashqi ishlar vaziri ekanligini aytib o‘tdi.
U Lavrovga bergan savollarining ayrimlarini ham ochiqladi: Biz Rossiya va AQSh o‘rtasidagi misli ko‘rilmagan mojaro tomon ketapmizmi? Rossiyani... Xitoyning ta’sir doirasidan G‘arb ta’sir doirasiga qaytarishning yo‘li bormi? Bu ittifoq doimiymi? Donald Trampning saylanishi esa dunyoni, AQSh iqtisodiyotini, global iqtisodiyotni o‘zgartirayotgan va bu sayyoradagi har bir inson hayotini xavf ostiga qo‘yayotgan bu urushning tugashini anglatadimi?
Taker Karlson, shuningdek, Zelenskiy bilan intervyu olish taqiqlanganini ham aytib o‘tdi. Uning qayd etishicha, AQShning Kiyevdagi elchixonasi Vladimir Zelenskiyga intervyu berishga ruxsat bermagan.
“Biz Zelenskiydan bir yildan ortiq intervyu olishga harakat qildik. Biz turli tomonlardan chiqishga harakat qildik, uning atrofidagi ko‘p odamlar bilan suhbatlashdik... Biz buni doimo muhokama qildik, ammo bu harakatlarga AQSh hukumati to‘sqinlik qildi. Soliq to‘lovchilarimizning pullaridan foydalanadigan Kiyevdagi Amerika elchixonasi Zelenskiy hukumatiga: “Siz intervyu bera olmaysiz” degan", - deya qo‘shimcha qildi Karlson.