Rossiyada ishlayotgan YeOII mamlakatlari fuqarolarining ijtimoiy himoyasi kuchaytirilishi mumkin
© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishVidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti
© Sputnik / Kirill Kallinikov
/ Obuna bo‘lish
YeIK va YeOII mamlakatlari mehnat migratsiyasi muammolarini hal qilishda yangi yondashuvlarni muhokama qilmoqda.
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari fuqarolarining ijtimoiy himoyasi kuchaytirilishi mumkin, deya xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati.
Migratsiya siyosati bo‘yicha maslahat qo‘mitasi yig‘ilishida Rossiyada ishlayotgan YeOII mamlakatlari fuqarolarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishga YeIK iqtisodiyot va moliya siyosati vaziri Baxit Sultonov raislik qildi.
Gap ishchilarning harakatchanligini oshirish, ishchi kuchining erkin harakatlanishiga to‘siqlarni bartaraf etish va Ittifoqda qulay mehnat sharoitlarini yaratish haqida bo‘ldi. Ishtirokchilar Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan Ittifoq mamlakatlari fuqarolari uchun maxsus soliq rejimini o‘rnatish bo‘yicha eksperiment davomida yuzaga kelgan muammolarni hal qilish bo‘yicha o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar.
"Ushbu toifadagi fuqarolarning ijtimoiy xavfsizligini oshirish uchun ularga rossiyaliklar uchun taqdim etilgan majburiy tibbiy va pensiya sug‘urtasi sohasidagi huquqlarni kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqishga qaror qilindi", — deyiladi xabarda.
Baxit Sultonov YeOII mamlakatlari ishchilariga Rossiya Federatsiyasida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ishlash imkoniyatini berish muhimligini qayd etdi. Uning fikricha, bu mehnat faoliyatini qonuniylashtirish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi va YeOII doirasida mehnat migratsiyasi sohasida yaqin hamkorlik uchun asos bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, yig‘ilishda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan bandlikning yangi shakllari, mamlakatda vakolatxonasi bo‘lmagan davlat fuqarolarini masofaviy ishlashi mumkin bo‘lgan masalalarga ham e’tibor qaratildi.
Hozirgi vaqtda bunday mehnat munosabatlari YeOII qonunchiligi bilan tartibga solinmagan.
“Ittifoq qonunchiligi normalarini bandlikning yangi shakllari paydo bo‘lishi sharoitida yangilash zarurati kompleks yondashuvni talab qiluvchi muhim vazifadir. Bu ishchilar huquqlarini himoya qilishni, shuningdek, Ittifoq mamlakatlari o‘rtasida bandlikning nostandart shakllarini tartibga solishga yondashuvlarni uyg‘unlashtirishni o‘z ichiga oladi”, — deya ta’kidladi YeIK vaziri.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha YeOII davlatlarining mehnat migratsiyasi sohasidagi qonunchiligini Ittifoq qonunchiligiga muvofiqligi nuqtayi nazaridan o‘zgartirishlar monitoringini davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan. Moldova va Kuba ham kuzatuvchi maqomiga ega.