https://oz.sputniknews.uz/20241202/yoshlar-toshkent-2025-osiyo-oyinlar-bahrayn-46914575.html
Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent-2025 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari mezbonligi O‘zbekistondan olib, Bahraynga topshirildi. Osiyo Olimpiya kengashi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida bu haqda rasman ma’lum qilgan.
2024-12-02T16:05+0500
2024-12-02T16:05+0500
2024-12-02T16:05+0500
sport
o‘zbekiston
toshkent
osiyo o‘yinlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0b/45582675_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_4c1d85021f036f10c769a953a4e18c60.jpg
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 Bahraynda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda Osiyo olimpiya kengashi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi. Osiyo olimpiya kengashi O‘zbekiston poytaxti Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo o‘yinlari ko‘chirilganini e’lon qildi. Xabarda o‘yinlarning boshqa davlatga ko‘chirilish sabablari aytilmagan. Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev sentabr oyida Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rgan edi. Majmua kelgusi yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari uchun qurilayotgan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0b/45582675_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_bd99c892bc6687eec9363e4e7be79614.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yoshlar o‘rtasidagi osiyo o‘yinlari 2025 o‘zbekiston bahrayn
yoshlar o‘rtasidagi osiyo o‘yinlari 2025 o‘zbekiston bahrayn
Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
Osiyo olimpiya kengashi O‘zbekiston poytaxti Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo o‘yinlari bekor qilinganini e’lon qildi.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 Bahraynda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda Osiyo olimpiya kengashi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
Osiyo olimpiya kengashi O‘zbekiston poytaxti Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo o‘yinlari ko‘chirilganini e’lon qildi.
“2024 yil 2-dekabrda bo‘lib o‘tgan Ijroiya kengashi yig‘ilishida qabul qilingan qarorga ko‘ra, tadbir endi 2025-yilda Bahrayn tomonidan o‘tkaziladi”, — deyiladi xabarda.
Xabarda o‘yinlarning boshqa davlatga ko‘chirilish sabablari aytilmagan.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev sentabr oyida Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rgan edi. Majmua kelgusi yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari uchun
qurilayotgan edi.