Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Qrim va boshqa hududlarni qaytarish uchun qo‘shinlarimiz yetarlicha kuchga ega emas — Zelenskiy

© Sputnik / Valeriy Sharifulin / POOLPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy na zasedanii Soveta Bezopasnosti OON (arxivnoe foto)
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy na zasedanii Soveta Bezopasnosti OON (arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2024
Obuna bo‘lish
Zelenskiy Ukraina Qurolli Kuchlaridan shikoyat qildi.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Yaponiyaning "Kyodo" agentligiga bergan intervyusida Ukraina armiyasida kuch yetishmasligiga shikoyat qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Qrim va boshqa hududlarni qaytarish uchun bizning qo‘shinlarimiz yetarlicha kuchga ega emas. Bu fakt. Diplomatik yechim izlash kerak",— dedi Zelenskiy.
Agentlikning qayd etishicha, u Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqida oldinga siljib borayotgani, Kiyev uchun frontdagi vaziyat og‘irligini tushuntirgan.
Zelenskiy, shuningdek, "Ukraina Rossiyani tiyib turish uchun yetarlicha kuchga ega bo‘lgandagina diplomatik vositalar haqida o‘ylay oladi", deya qo‘shimcha qildi.
Shu bilan birga, G‘arbdan ko‘p milliard dollarlik harbiy yordam olgan Zelenskiy hamkorlar yordami yetarli emasligidan shikoyat qilib, uni kengaytirishni talab qildi.
Uning fikricha, NATO o‘rnini bosadigan hech qanday xavfsizlik tuzilmasi yo‘q. "NATO Ukraina xavfsizligini kafolatlash uchun muhim", — dedi Zelenskiy va NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarga taklif qilishni talab qildi.
Ukrainskie soldati v ukritii nedaleko ot linii fronta bliz Avdeyevki, Ukraina, 17-fevralya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina Qurolli kuchlari askarlari qo‘mondonlik harakatlaridan shikoyat qilishdi — OAV
Yangiliklar lentasi
0