O‘zbekiston va Xitoy fuqarolari viza talablaridan ozod qilinadi — TIV
09:19 02.12.2024 (yangilandi: 10:11 02.12.2024)
© press-slujba MID Respubliki UzbekistanV Chendu sostoyalsya patiy raund vstrechi ministrov inostrannix del stran Sentralnoy Azii i Kitaya.
© press-slujba MID Respubliki Uzbekistan
Obuna bo‘lish
TIV: imzolangan xalqaro shartnoma tomonlar zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillarini bajarganidan so‘ng kuchga kiradi.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy fuqarolari ikki davlat hududlariga kirish, undan chiqish yoki tranzit qilish uchun 30 kungacha muddatga viza talablaridan ozod qilinadi, deya xabar berdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) matbuot xizmati.
O‘zbekiston prezidenti va Xitoy Xalq Respublikasi raisi o‘rtasidagi kelishuvga asosan, 2024-yil 1-dekabr kuni Chendu shahrida ikki davlat tashqi ishlar vazirlari tomonidan ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
© press-slujba MID Respubliki UzbekistanV Chendu sostoyalsya patiy raund vstrechi ministrov inostrannix del stran Sentralnoy Azii i Kitaya.
V Chendu sostoyalsya patiy raund vstrechi ministrov inostrannix del stran Sentralnoy Azii i Kitaya.
© press-slujba MID Respubliki Uzbekistan
Mazkur xalqaro shartnoma O‘zbekiston va Xitoy fuqarolarining ikki davlat hududlariga o‘zaro vizasiz safar qilishlariga doir masalalarni tartibga soladi. Bitimga muvofiq, O‘zbekiston va Xitoy fuqarolari ikki davlat hududlariga kirish, undan chiqish yoki tranzit qilish uchun 30 kungacha muddatga viza talablaridan ozod qilinadi.
“Bu hujjat aloqalarimizni yanada faollashtirish, savdo aylanmasini oshirish va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir”, — deb yozadi TIV rahbari Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
Mazkur xalqaro shartnoma tomonlar zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillarini bajarganidan so‘ng kuchga kiradi.
Shuningdek, Saidov Chendu shahrida Markaziy Osiyo va Xitoy vazirlar yig‘ilishining 5-davrasida ishtirok etdi.
© press-slujba MID Respubliki UzbekistanV Chendu sostoyalsya patiy raund vstrechi ministrov inostrannix del stran Sentralnoy Azii i Kitaya.
V Chendu sostoyalsya patiy raund vstrechi ministrov inostrannix del stran Sentralnoy Azii i Kitaya.
© press-slujba MID Respubliki Uzbekistan
“Butun dunyoda kuchayib borayotgan chaqiriqlarga qaramay, biz mintaqada o‘sish, birdamlik va ishonchning kuchli va barqaror tendensiyalarini ko‘rmoqdamiz. Markaziy Osiyo va Xitoy aniq loyihalar orqali mavjud aloqalarni mustahkamlash va hamkorlik ufqlarini kengaytirishga intilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatlarimiz xalqlari farovonligini yuksaltirish, uzoq muddatli istiqbolni ta’minlashdan iborat. Bugun ushbu formatdagi birinchi sammitda erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi va 2025-yilda bo‘lib o‘tadigan sammitga tayyorgarlikni muhokama qildik”, — deb yozadi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri.
Uchrashuv davomida iqtisodiy hamkorlik, tinchlik va barqarorlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, xalq diplomatiyasi va boshqa ko‘plab dolzarb mavzularga ham to‘xtalib o‘tildi.