O‘zbekiston va Qatar tadbirkor ayollari hamkorlik qilishga kelishib olishdi

© Qatar Businesswomen AssociationJenshini-predprinimatelnisi Uzbekistana i Katara ukreplyayut sotrudnichestvo
Jenshini-predprinimatelnisi Uzbekistana i Katara ukreplyayut sotrudnichestvo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2024
Obuna bo‘lish
"Qatar Businesswomen Association" va O‘zbekiston "Tadbirkor ayol" xalqaro ishbilarmon ayollar uyushmasi o‘rtasidagi anglashuv memorandumi imzolandi.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Qatar tadbirkor ayollari hamkorlik qilishga kelishib olishdi, deya xabar berdi "Qatar Businesswomen Association".
"Qatar Businesswomen Association" va O‘zbekiston "Tadbirkor ayol" xalqaro ishbilarmon ayollar uyushmasi o‘rtasidagi anglashuv memorandumi imzolandi.
© Qatar Businesswomen AssociationJenshini-predprinimatelnisi Uzbekistana i Katara ukreplyayut sotrudnichestvo
Jenshini-predprinimatelnisi Uzbekistana i Katara ukreplyayut sotrudnichestvo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2024
Jenshini-predprinimatelnisi Uzbekistana i Katara ukreplyayut sotrudnichestvo
Ushbu anglashuv memorandumi ayollarning global biznesdagi huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan strategik hamkorlikning boshlanishini anglatadi. Qayd etilishicha, o‘zaro anglashuv memorandumi hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va ayollarning rivojlanishiga ko‘maklashish sa’y-harakatlarini rag‘batlantirishga sodiqligini aks ettiradi.
“Hamkorlik chegara bilmaydi. Butun dunyodagi ayollar uyushmalari bilan birlashish orqali biz umumiy ovozimizni kuchaytiramiz va vakolatli yetakchilarning global tarmog‘ini yaratamiz”, — dedi QBWA vitse-prezidenti Aisha Alfardan xonim.
Aytilishicha, hamkorlik orqali biznes-forumlar, ta’lim seminarlari va tarmoq imkoniyatlari kabi qo‘shma tashabbuslarni tashkil etiladi.
“Ayollarni qo‘llab-quvvatlash bir tashkilot doirasidan tashqariga chiqadi. Bu bizning jamoalarga va umuman sanoatga ta’sirimizni kuchaytiradi. Rahbarlik rolidagi ayollar kengroq ijtimoiy muammolarni himoya qiladi, gender tengligi haqida suhbatlar olib boradi va boshqalarni harakatga ilhomlantiradi. Tashkilotlar yetakchi ayollarni qo‘llab-quvvatlash orqali yanada inklyuziv va adolatli jamiyatni shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi”, — dedi "Tadbirkor ayol" xalqaro ishbilarmon ayollar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari Oydin Sharafiddinova.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 41 249 tani tashkil etgan.
Yangiliklar lentasi
0