Xitoyning poyabzal ishlab chiqaruvchi taniqli brendi O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishObuvnaya fabrika v siriyskoy provinsii Xama
Obuvnaya fabrika v siriyskoy provinsii Xama - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2024
Obuna bo‘lish
"O‘zcharmsanoat" uyushmasi O‘zbekiston-Xitoy biznes forumida ishtirok etdi.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamkorlik qiladi. Bu haqda "O‘zcharmsanoat" uyushmasi raisining Xitoyning taniqli kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qilindi, deya xabar berdi uyushma matbuot xizmati.
O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi tarkibida "O‘zcharmsanoat" uyushmasi Xitoyning Chendu shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Xitoy biznes forumida ishtirok etdi. Uyushma raisi Xitoyga tashrif doirasida bir qator kompaniyalar bilan charm sanoatidagi hamkorlikni rivojlantirish masalasini muhokama qildi.
Shuningdek, Xitoyning taniqli "Zhejiang Red Dragonfly Shoes" kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashib, yangi investitsion loyiha haqida muzokara o‘tkazdi.
“Muzokarada O‘zbekistonda tashkil etilgan charm sanoati sohasiga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi. Mamlakatimizda "Red Dragonfly" brendi ostida poyabzal mahsulotlarini, charmni qayta ishlash, mo‘yna mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Kompaniya bu borada hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qildi”, — deyiladi xabarda.
Shu maqsadda kompaniya vakillari dekabr oyida O‘zbekistonga kelib, loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan kichik sanoat zonalari bilan tanishadi.
Yangiliklar lentasi
0