Londonda “Xamsa” asarining noyob qo‘lozmasi topildi

© Sputnik / Asatur YesayansStarinnaya rukopis
Starinnaya rukopis - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2024
Obuna bo‘lish
Savdo uyidagi qo‘lozmalar temuriylar davri kitobat san’ati ta’sirida yaratilgan.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Londonda “Xamsa” asarining noyob qo‘lozmasi topildi, deya xabar berdi Islom sivilizatsiyasi markazi matbuot xizmati.
Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi "Christie's" auksion savdo uyida saqlanayotgan ayrim qo‘lozmalar bilan tanishdi. Ulardan biri Sharq mumtoz adabiyoti vakili Xoji Kirmoniy tomonidan 1524-yilda ko‘chirilgan “Xamsa” asarining qo‘lozmasi, yana biri Shamsiddin Muhammad Assor tomonidan 1494-yilda Tabrizda ko‘chirilgan “Shams va Mushtariy” dostonidir.
© Sentr islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane pri Kabinete Ministrov Respubliki UzbekistanV Londone naydena unikalnaya rukopis
V Londone naydena unikalnaya rukopis
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2024
V Londone naydena unikalnaya rukopis
Aytilishicha, har ikkala qo‘lozma temuriylar davri kitobat san’ati ta’sirida yaratilgan.
Shuningdek, ishtirokchilar Markaziy Osiyo madaniy merosiga oid osori-atiqalar, jumladan, VIII asrga mansub sug‘diylar libosi, somoniylar davriga tegishli bo‘lgan sopol idishlar, qadimiy binolarga oid koshinlar, mamluklar va temuriylar davrida ko‘chirilgani taxmin qilingan Qur’oni karim qo‘lozmalari bilan tanishtirildi.
Navoiy ijodining yuksak cho‘qqisi "Xamsa" asaridir. Uning yaratilishi turkiy xalqlar adabiyotida muhim voqelik bo‘lgan. Shoir birinchilardan bo‘lib, turkiy tilda to‘liq "Xamsa" yaratdi va shu bilan turkiy tilda ko‘lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. “Xamsa” ya’ni “Besh doston” asarini yaratish - mumtoz sharq adabiyotining eng mukammal an’analaridan biri bo‘lgan. Shu sabab ham tarixda “Xamsa” asarini yaratgan shoirlar barmoq bilan sanarli. Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonining muqaddima qismida bu masalaga maxsus to‘xtalib, “Xamsa” ning har bir dostoni yozilishini kunning ma’lum vaqtlarida o‘qiladigan sahar, peshin, asr, shom va xufton namozlariga o‘xshatadi.
Navoiyning “Xamsa” asari “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabai’ sayyor” va “Saddi Iskandariy” kabi yirik dostonlardan iborat.
O‘zbekiston Eronda saqlanayotgan o‘zbek xalqi tarixiga doir hujjatlarni o‘rganadi
Kniga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2024
Alisher Navoiyning "Xamsa" asari arab tiliga tarjima qilinadi
Yangiliklar lentasi
0