Migratsiyani tartibga solish: TIVda Oleg Malginov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

© press-slujba MID Respubliki UzbekistanZamestitel ministra inostrannix del Uzbekistana Olimdjon Abdullayev vstretilsya s Chrezvichaynim i Polnomochnim Poslom Rossii v Uzbekistane Olegom Malginovim
Zamestitel ministra inostrannix del Uzbekistana Olimdjon Abdullayev vstretilsya s Chrezvichaynim i Polnomochnim Poslom Rossii v Uzbekistane Olegom Malginovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya korxonalariga mehnat faoliyatini tashkiliy ravishda jalb qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar to‘g‘risida bir qator konstruktiv kelishuvlarga erishildi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. 28-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqotda tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish, O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi himoyasi va huquqlarini ta’minlashda Tashqi ishlar vazirligi oldida turgan vazifalar muhokama qilindi.
Yuqoridagi masalalar yuzasidan fikr almashildi va O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya korxonalariga mehnat faoliyatini tashkiliy ravishda jalb qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar to‘g‘risida bir qator konstruktiv kelishuvlarga erishildi. Rossiya tomoni O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaga ishlash uchun tashkiliy ravishda jo‘natishdan manfaatdorligini tasdiqladi.
Migratsiyani tartibga solish masalalarini muhokama qilishda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Migratsiya agentligi, Ichki ishlar vazirligi va Rossiya elchixonasi mas’ul xodimlari o‘rtasida har hafta ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish uchun ishchi format yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Sobornaya mechet Bibi-Xanim musulmanskoe kultovoe soorujenie v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2024
Kelasi yil Samarqandda migratsiya bo‘yicha Primorsk o‘lkasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0