"Mening qahramonlarim": Toshkentda Sobir Rahmetov ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkentdagi Fotosuratlar uyida O‘zbekiston xalq rassomi Sobir Rahmetovning "Mening qahramonlarim" nomli shaxsiy ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda. Bu yerda mehmonlar ustoz rassomning 50 dan ortiq noyob asarlari bilan tanishishi mumkin.
Sobir Rahmetov ijodi
Sobir Rahmetovning asarlari badiiylik, uyg‘unlik va ma’naviy mazmun bilan ajralib turadi. U ranglar va tuslarni o‘ziga xos usulda qo‘llab, inson va tabiatning go‘zalligini chuqur his etadi va tasvirlaydi.
Uning portretlari va asarlari har bir qahramonning individual tarixi va shaxsiy go‘zalligini ochib beradi. Rassom insonning ichki olami va tashqi ko‘rinishini, shuningdek, bolalikning beg‘uborlik xususiyatlarini o‘z hissi va mahoratli ijodi orqali ko‘rsatadi.
Asarlari
Sobir Rahmetovning mashhur asarlari qatorida shoir G‘afur G‘ulom, haykaltarosh Azamat Hotamov, bastakor Yunus Rajabiy kabi san’atkorlarning portretlari ham bor. Uning asarlarida nafaqat go‘zallik, balki hayot haqidagi chuqur falsafiy mulohazalar namoyon bo‘ladi.
Rassom haqida ma’lumot
1952 y. - Chimkent shahrida tug‘ilgan.
1969-1973 yy. - P.P.Benkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurtida o‘qigan.
1973-1979 yy. - Lenigradda I.E.Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va arxitektura institutida tahsil olgan.
2001 y. - O‘zbekiston xalq rassomi unvoniga sazovor bo‘lgan.
2003 y. - O‘zbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zosi bo‘lgan.
Xalqaro ko‘rgazmalar ishtirokchisi, jumladan, Seulda shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgan.

1/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Rassom ijodi nafaqat chiroyli asarlar, balki jamiyatga barqarorlik va ijodiy ruh olib keluvchi boylikdir

2/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ko‘rgazmaga kiraverishda rassom asarlari

3/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Rassom ijodida peyzajlar ham alohida o‘rin tutadi

4/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ko‘rgazma mehmonlari

5/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Bastakor Yunus Rajabiy

6/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Boysun

7/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Shoir G‘afur G‘ulom

8/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ko‘rgazma mehmoni

9/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Toshkent Fotosuratlar uyi

10/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Sariq uy

11/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Shodimurod Ne’matov

12/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Tabiat

13/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ajdodlar

14/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ko‘rgazma mehmoni

15/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Sinov yillari (triptix)

16/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ko‘rgazma mehmonlari

17/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Afg‘on ayoli

18/18
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ko‘rgazma mehmoni