https://oz.sputniknews.uz/20241129/toshkent-shahrida-sanoat-korxonalari-oqova-suvlari-tekshirildi-46881698.html
Toshkentda sanoat korxonalari oqova suvlari tekshirildi
Toshkentda sanoat korxonalari oqova suvlari tekshirildi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahrida oqova suvlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar o‘tkazildi. 29.11.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-11-29T16:35+0500
2024-11-29T16:35+0500
2024-11-29T16:58+0500
toshkent
ekologiya
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
suv
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1433/06/14330684_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_ef617e9771bb4736e29c19f1c82a79cc.jpg
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Toshkent shahridan chiqayotgan maishiy oqova suvlarning tabiiy suv obyektlariga zararini kamaytirish, oqova suvlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rildi. Bu haqida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi axborot xizmati rahbari Lola Rahmonboyeva AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda aytib berdi.Xususan, Toshkent oqova suvlarni tozalovchi “Salar”, “Bektemir” va “Bo‘zsuv” to‘yintirish inshootlariga oqova suvlarini tashlayotgan 140 ta sanoat korxonasining ro‘yxati shakllantirilib, 115 ta korxona suvlaridan kimoviy tahlil uchun namunalar olindi. (25 ta korxona faoliyat yuritmayotganligi aniqlangan)Tahlil natijalariga ko‘ra:Bundan tashqari, respublika bo‘yicha 2024-yil yakuniga qadar sanoat va ishlab chiqarish oqovalarining tabiiy suv obyektlariga zararini kamaytirish maqsadida 38 ta korxonada lokal oqova tozalash inshootlari quriladi va mavjudlari rekonstruksiya qilinadi.Shuningdek, 2180 ta avtomobil yuvish shaxobchasida ekologik monitoring o‘tkazilib, oqova suvlarning 60% tozalanishi va suv resurslari tejalishiga erishildi. Kelajakda yana 1390 ta avtomobil yuvish shoxobchasida suv aylanma tizimini joriy etish rejalashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1433/06/14330684_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_dc095e81beae1502e0b1369f93fddfa3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, ekologiya , ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, suv, jamiyat
toshkent, ekologiya , ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, suv, jamiyat
Toshkentda sanoat korxonalari oqova suvlari tekshirildi
16:35 29.11.2024 (yangilandi: 16:58 29.11.2024) Toshkent shahrida oqova suvlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar o‘tkazildi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Toshkent shahridan chiqayotgan maishiy oqova suvlarning tabiiy suv obyektlariga zararini kamaytirish, oqova suvlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rildi.
Bu haqida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi axborot xizmati rahbari Lola Rahmonboyeva AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda aytib berdi.
Xususan, Toshkent oqova suvlarni tozalovchi “Salar”, “Bektemir” va “Bo‘zsuv” to‘yintirish inshootlariga oqova suvlarini tashlayotgan 140 ta sanoat korxonasining ro‘yxati shakllantirilib, 115 ta korxona suvlaridan kimoviy tahlil uchun namunalar olindi. (25 ta korxona faoliyat yuritmayotganligi aniqlangan)
Tahlil natijalariga ko‘ra:
meyoridan ortiq ifloslangan moddalar chiqaruvchi 44 ta korxonaga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rildi;
ochiq suv havzalariga iflos oqovalar chiqarayotgan 72 ta sanoat korxonasida ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Ularga ogohlantirish xatlari berilib, 38 ta korxonaga qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovi hisoblandi;
36 ta korxona bo‘yicha to‘plangan materiallar chora ko‘rish uchun huquq tartibot idoralariga yuborildi.
Bundan tashqari, respublika bo‘yicha 2024-yil yakuniga qadar sanoat va ishlab chiqarish oqovalarining tabiiy suv obyektlariga zararini kamaytirish maqsadida 38 ta korxonada lokal oqova tozalash inshootlari quriladi va mavjudlari rekonstruksiya qilinadi.
Shuningdek, 2180 ta avtomobil yuvish shaxobchasida ekologik monitoring o‘tkazilib, oqova suvlarning 60% tozalanishi va suv resurslari tejalishiga erishildi. Kelajakda yana 1390 ta avtomobil yuvish shoxobchasida suv aylanma tizimini joriy etish rejalashtirilgan.