“Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun imzolandi — batafsil

© Unsplash / Johannes PlenioJeleznaya doroga. Arxivnoe foto
Jeleznaya doroga. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2024
Obuna bo‘lish
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari temir yo‘l transporti xodimlarining tashish jarayoni bilan bog‘liq faoliyatiga aralashishga hamda ularni boshqa ishlarga jalb etishga haqli emasligi belgilandi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. "Temir yo‘l transporti to‘g‘risida"gi qonun imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar berdi.
Qonun temir yo‘l transporti sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Temir yo‘l transporti faoliyati quyidagi asosiy prinsiplardan iborat bo‘ldi:
qonuniylik;
xavfsizlik;
ochiqlik va shaffoflik;
barqarorlik;
ekologik jihatdan tozalik;
temir yo‘l transporti xizmatlarining qulayligi va sifati;
temir yo‘l transporti infratuzilmasidan foydalanishdagi tenglik;
temir yo‘l transporti infratuzilmasining yaxlitligi va uzluksiz ishlashi.
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari temir yo‘l transporti xodimlarining tashish jarayoni bilan bog‘liq faoliyatiga aralashishga hamda ularni boshqa ishlarga jalb etishga haqli emasligi belgilandi.
Temir yo‘l qatnovlari va tashishlar quyidagi turlarga bo‘lindi:
ichki qatnovlar;
xalqaro qatnovlar;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralash qatnovlar;
tranzit tashishlar;
maxsus tashishlar.
Yo‘lovchi o‘zi bilan birga alohida joy berilmagan holda besh yoshgacha bo‘lgan bir bolani, 36 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan qo‘l yukini va nogironligi bo‘lgan shaxslar qo‘shimcha ravishda shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan texnik yordamchi (kompensatorli) vositalarni va maxsus harakatlanish vositalarini bepul olib yurish huquqiga ega.
Umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transportida quyidagi tashish tariflari turlari qo‘llaniladi:
yuklarni tashish tariflari;
yo‘lovchilarni tashish tariflari;
bagaj va yuk bagajini tashish tariflari;
pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish tariflari.
Intizom temir yo‘l transporti xodimlarining intizomi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinishi belgilandi.
Tashish jarayonini markazlashtirilgan holda uzluksiz boshqarishni ta’minlash maqsadida, ularning joylashgan yeridan qat’i nazar, mamlakatda amal qiluvchi yagona hisoblash-hisobot vaqti – Toshkent vaqti belgilanadi.
Ushbu qonun 2025-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi. Qonuning 1–29, 31–57-moddalari ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Sotrudnichestvo stran SNG v sfere jeleznodorojnogo transporta – press-konferensiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2024
Matbuot markazi
MDH davlatlarining temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorligi — video
Yangiliklar lentasi
0