O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi tayinlandi

© IA "Dunyo"Noviy posol Uzbekistana pribil v Ashxabad
Noviy posol Uzbekistana pribil v Ashxabad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2024
Obuna bo‘lish
Ravshanbek Alimov 2008-yildan buyon TIV tizimida. O‘tgan yillar davomida Moskvadagi elchixonada maslahatchi, markaziy apparatda bo‘lim boshlig‘i va boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Bugun O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshanbek Alimov Turkmaniston poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
U 2020-2024 yillarda Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida ishlagan.
58 yoshli diplomat N.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetini, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini, Jorjtaun universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1990-yilda viloyat darajasida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimida (hozirgi Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi) boshlagan. Keyin O‘zbekiston prezidenti devoni, bosh vazir kotibiyatida, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Ravshanbek Alimov 2008-yildan buyon TIV tizimida. O‘tgan yillar davomida Moskvadagi elchixonada maslahatchi, markaziy apparatda bo‘lim boshlig‘i va boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
2020 yilda u senator etib saylangan. Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Ravshanbek Alimov 2016-2024 yillarda O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchisi bo‘lib ishlagan Akmal Qo‘chqorov o‘rniga tayinlandi.
Yangiliklar lentasi
0