https://oz.sputniknews.uz/20241129/mirziyoev-ijtimoiy-va-diniy-sohalar-46863153.html
Mirziyoyev ijtimoiy va diniy sohalardagi ishlar bilan tanishdi
Mirziyoyev ijtimoiy va diniy sohalardagi ishlar bilan tanishdi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyevga ijtimoiy muhitni mustahkamlash hamda diniy ma’rifatni rivojlantirish borasidagi ishlar haqida axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Oxirgi besh yilda diniy-ma’rifiy sohaga oid 3 ta qonun, 4 ta prezident farmoni va ko‘plab qarorlar qabul qilindi. Yig‘ilishda ularning ijrosi din vakillariga xizmat qilayotgani qayd etildi.
2024-11-29T09:10+0500
2024-11-29T09:10+0500
2024-11-29T09:30+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
masjid
haj
umra
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/1c/46861829_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_67c9427b5e9b898953dc7947078025c7.jpg
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevga ijtimoiy muhitni mustahkamlash hamda diniy ma’rifatni rivojlantirish borasidagi ishlar haqida axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Oxirgi besh yilda diniy-ma’rifiy sohaga oid 3 ta qonun, 4 ta prezident farmoni va ko‘plab qarorlar qabul qilindi. Yig‘ilishda ularning ijrosi din vakillariga xizmat qilayotgani qayd etildi.Xususan, musulmonlar uchun sharoitlarni yaxshilash maqsadida 100 dan ortiq masjid barpo etildi, 555 tasi ta’mirlandi. Diniy tashkilotlar uchun bino qurilishiga yer ajratish tartibi joriy qilindi. Haj kvotasi avvalgiga qaraganda 2 karra oshirildi. Umra safarlarini tashkil qilish qonuniy tartibga solindi.Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari tajribasi asosida mahallalarda “Oqsoqollar va ota-onalar kengashlari” tuzilgani muhim o‘rin tutmoqda.Bunday xayrli ishlarni davom ettirib, mahallalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, yoshlarni ilmu hunarga chorlash muhimligi aytildi. Mutasaddilarga ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni jamiyatga qayta moslashtirish, bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. O‘zbekistondagi diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20241107/ozbekiston-butunjahon-din-etakchilar-global-sammit-46493572.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/1c/46861829_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_d3139433a0ffcfd5dad35ea38dad5cc6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev ijtimoiy va diniy sohalar
mirziyoyev ijtimoiy va diniy sohalar
Mirziyoyev ijtimoiy va diniy sohalardagi ishlar bilan tanishdi
09:10 29.11.2024 (yangilandi: 09:30 29.11.2024) Mutasaddilarga ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni jamiyatga qayta moslashtirish, bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevga ijtimoiy muhitni mustahkamlash hamda diniy ma’rifatni rivojlantirish borasidagi ishlar haqida axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. Oxirgi besh yilda diniy-ma’rifiy sohaga oid 3 ta qonun, 4 ta prezident farmoni va ko‘plab qarorlar qabul qilindi. Yig‘ilishda ularning ijrosi din vakillariga xizmat qilayotgani qayd etildi.
Xususan, musulmonlar uchun sharoitlarni yaxshilash maqsadida 100 dan ortiq masjid barpo etildi, 555 tasi ta’mirlandi. Diniy tashkilotlar uchun bino qurilishiga yer ajratish tartibi joriy qilindi. Haj kvotasi avvalgiga qaraganda 2 karra oshirildi. Umra safarlarini tashkil qilish qonuniy tartibga solindi.
“Ma’lumki, bugun kibermakonda xavf-xatarlar kuchayib bormoqda. Chegaralar va qonunlarni tan olmaydigan internet tarmoqlari orqali radikal g‘oyalar ham kirib kelmoqda. Buning oqibatida aholining nisbatan zaif qatlamlari, jumladan, yoshlar turli noqonuniy guruhlar ta’siriga tushib qolayotgani afsuslanarli. Butun jamoatchilik bundan ogoh bo‘lishi, ulamolar va nuroniylar to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishi kerak”, - deyiladi xabarda.
Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari tajribasi asosida mahallalarda “Oqsoqollar va ota-onalar kengashlari” tuzilgani muhim o‘rin tutmoqda.
Bunday xayrli ishlarni davom ettirib, mahallalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, yoshlarni ilmu hunarga chorlash muhimligi aytildi. Mutasaddilarga ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni jamiyatga qayta moslashtirish, bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. O‘zbekistondagi diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.