Gruziyada norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi — video

Obuna bo‘lish
Tungi namoyishlarda jami 32 nafar politsiyachi jarohatlandi, ma’muriy tartib qoidalarini buzgan 43 kishi qo‘lga olindi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘tgan oqshom Gruziya poytaxtida hukumatning yevrointegratsiya bo‘yicha muzokaralarni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish qaroridan so‘ng norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.
"Biz boy tarix va madaniyatga ega bo‘lgan mag‘rur millatmiz. Biz Yevropaga qo‘shilishni YeI tomonidan bizga ko‘rstilgan iltifot sifatida qabul qilmasligimiz kerak. Gruziyaning YeIga qo‘shilishi uni boyitishi mumkin. Shunday ekan YeI siyosatchilari tomonidan biz so‘nggi yilda eshitayotgan qator haqoratlarni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. Ular Yevroparlamentni bizni shantaj qilish quroliga aylantirishdi. Bu Yevropa uchun ulkan sharmandalik", - dedi Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze ushbu qarorni izohlab.
Shundan so‘ng 28-noyabr kuni kechqurun Tbilisida norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishchilarga Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili ham qo‘shildi. U xorijiy davlatlar vakolatxonalaridan qo‘llaridan kelgan barcha yordamni ko‘rsatishni so‘radi.

Namoyishchilar parlament binosini o‘rab olishdi, ular "tinch xarakterga ega" deyilishiga qaramasdan to‘planganlar o‘zlarini agressiv tutdi. Xususan, ular parlament darvozasi oldida o‘rnatilgan kameralarni sindirib tashlashlashdi, politsiya xodimlariga tosh, shisha idishlar va boshqa buyumlar uloqtirishdi. Shuningdek, politsiya xodimlarini ko‘ziga lazer tutib, ularning ishiga xalal berishdi.
Tong soat 3 va 4 lar orasida politsiya namoyishchilarni quvishni boshladi, ularga ko‘zni yoshlantiruvchi gaz hamda suv sepildi.

Tbilisi politsiyasi rasmiy xabariga ko‘ra, o‘tgan tunda namoyishchilar qo‘lidan jami 32 nafar IIV xodimi jarohat olgan. Ulardan 13 nafariga jarrohlik aralashuvi kerak bo‘lgan. Bir nafar politsiyachi hamon kasalxonada qolmoqda.
Namoyishda politsiyaga bo‘ysunmagan va ma’muriy tartibni buzgan 43 kishi qo‘lga olingan.
Yangiliklar lentasi
0