Dala chetlaridan samarali foydalangan fermerlarga qator imtiyozlar beriladi
10:25 29.11.2024 (yangilandi: 10:56 29.11.2024)
© Ministerstvo selskogo xozaystva respubliki UzbekistanV fermerskix xozaystvax i selskoxozaystvennix predpriyatiyax respubliki virasheno bolee 8,1 milliona tonn zerna
© Ministerstvo selskogo xozaystva respubliki Uzbekistan
Obuna bo‘lish
Dala chetini samarali ishlatgan fermerlarga tadbirkorlar reytingida qo‘shimcha ball hisoblanadi, ichki fitosanitar sertifikati bir yil davomida bepul beriladi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Dala chetlaridan samarali foydalangan fermerlarga qator imtiyozlar beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot yetishtirish, qayta ishlash va eksportini ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie, posvashennoe meram po uvelicheniyu proizvodstva, pererabotki i eksporta plodoovoshnoy produksii
Prezident Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie, posvashennoe meram po uvelicheniyu proizvodstva, pererabotki i eksporta plodoovoshnoy produksii
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Yig‘ilishda har bir mahalla, xonadon va fermer xo‘jaligiga O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xodimi biriktirilishi belgilandi.
Tomorqa va uylar oldi, mahalladagi ko‘chalar bo‘yi, dala cheti va kanallar atrofida 650 ming gektar yer bor. Endi bu yerlarning aniq o‘lchami tasdiqlanib, Agroplatformaga kiritiladi. Aholi va fermerlar sifatli urug‘ tanlash, dori va o‘g‘itni to‘g‘ri qo‘llash, mahsulotni sifatli saqlashga o‘rgatiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie, posvashennoe meram po uvelicheniyu proizvodstva, pererabotki i eksporta plodoovoshnoy produksii
Prezident Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie, posvashennoe meram po uvelicheniyu proizvodstva, pererabotki i eksporta plodoovoshnoy produksii
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Dala chetini samarali ishlatgan fermerlarga tadbirkorlar reytingida qo‘shimcha ball hisoblanadi, ichki fitosanitar sertifikati bir yil davomida bepul beriladi. Fermerning barcha yerlari uchun yer solig‘ini ikki yilga bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi. “Oilaviy tadbirkorlik” dasturidagi 100 million so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashgan tizimda ajratiladi. Dala chetlari hisobi, yetishtirilgan mahsulot hajmi “e-Fitouz” portali orqali nazorat qilib boriladi.
Mahallalardagi ko‘chalar va ko‘p qavatli uylar atrofida 10 million tup uzum ekish tashabbusi bildirildi. Ular o‘sib, hosilga kirguncha Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi barcha agrotexnik tadbirlarga ko‘maklashadi. Mahsulotlarni sotib olish uchun mahallalar eksportchi korxonalarga bog‘lanadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie, posvashennoe meram po uvelicheniyu proizvodstva, pererabotki i eksporta plodoovoshnoy produksii
Prezident Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie, posvashennoe meram po uvelicheniyu proizvodstva, pererabotki i eksporta plodoovoshnoy produksii
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Yig‘ilishda meva-sabzavotlarni qayta ishlash masalasi tahlil qilindi. 10 ta agrologistika markazi, mingdan ortiq sovutkichli omborxona tashkil etiladi. 40 ming gektardan ortiq sanoatlashgan intensiv mevali bog‘ va tokzorlar barpo etiladi.
Mutasaddilarga 2025-yilda organik maydonlarni 10 ming gektarga, kelgusi uch yilda 100 ming gektarga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Endi organik maydon tashkil qilgan fermer va dehqonlarga yerni lazer bilan tekislash xarajati davlat tomonidan qoplab beriladi. “Organik”, “Global Gap”, “Halol”, “Kasher” kabi sertifikatlarni olish xarajatlari uchun tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie, posvashennoe meram po uvelicheniyu proizvodstva, pererabotki i eksporta plodoovoshnoy produksii
Prezident Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie, posvashennoe meram po uvelicheniyu proizvodstva, pererabotki i eksporta plodoovoshnoy produksii
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shuningdek, kelgusi yilda meva-sabzavot eksportini 3,5 milliard dollarga yetkazish mumkinligi qayd etildi.
Yig‘ilishda atrof-muhitni asrash masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Mutasaddilar Andijon, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarida chiqindilarni qayta ishlash loyihalarining borishi yuzasidan axborot berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie, posvashennoe meram po uvelicheniyu proizvodstva, pererabotki i eksporta plodoovoshnoy produksii
Prezident Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie, posvashennoe meram po uvelicheniyu proizvodstva, pererabotki i eksporta plodoovoshnoy produksii
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Yig‘ilishda ijro intizomi masalasi ham tahlil qilindi. Yil yakunigacha oz qolgani, belgilangan barcha vazifalarni bajarish natijadorlikni oshirishi qayd etildi.
Kelgusi yil har bir vazirlik, viloyat va tumandagi ishlarning tizimli hisobi olib boriladi. Bu elektron platformaga o‘tkazilib, so‘rov ham, maosh ham shunga bog‘lanadi. Bosh vazirga ushbu tizimni yo‘lga qo‘yib, ijro intizomi va nazoratini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.