Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda — OAV

© AP Photo / LibkosUkrainskiy voyennoslujashiy pod Artemovskom (Baxmutom). Arxivnoe foto
Ukrainskiy voyennoslujashiy pod Artemovskom (Baxmutom). Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2024
Obuna bo‘lish
OAV: Ukraina qurolli kuchlari to‘satdan Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazishni so‘rashdi.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Qiyin vaziyatga tushib qolgan Ukraina Qurolli kuchlari askarlari Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda. Bunday fikrni Donbassga safaridan so‘ng Germaniya gazetalarining birida ishlovchi bosh muharrir o‘rinbosari Paul Ronsxaymer bildirdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Ukraina harbiylari Rossiya bilan ziddiyat boshi berk ko‘chaga kirganini va uni faqat muzokaralar orqali bartaraf etish mumkinligini tushunadi.

“Shaxsiy fikrimcha, urush boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Oxirgi uch-to‘rt oy ichida biz chekinishga majbur bo‘ldik. Ruslar sur’atni oshirmoqda, ular mojaroni davom ettirish uchun resurslarga ega. Ularda odamlar bor va ular bizdan ko‘p. Biz bu urushni tugatishimiz kerak. Biz muzokaralar olib borishimiz kerak, biroq biz o‘z hududimizni berishni istamaymiz”, — deya jurnalist Krasnoarmeysk yo‘nalishida jang qilayotgan ukrainalik askarning so‘zlarini keltirdi.

Ronsxaymer Ukraina Qurolli kuchlari uchun oldingi chiziqdagi vaziyatni “dahshatli” deb baholab, Rossiya Qurolli Kuchlarining tez oldinga siljishini qayd etdi. Uning kuzatuvlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi G‘arb tomonidan ham, o‘z hukumati tomonidan ham o‘zini tashlab ketilgandek his qilmoqda. Ular uchun vaziyat tobora g‘amgin va qiyin bo‘lib bormoqda, deb hisoblaydi jurnalist.
Shuningdek, ukrainalik harbiylar Ronsxaymerga qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va xodimlar soni bo‘yicha Rossiya armiyasidan ancha past ekanini tan oldi.
Ukrainskie voyennie v okope . Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi
Yangiliklar lentasi
0