Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Toqayev: Ostona va Moskva YeOII doirasida samarali ishlamoqda

© Press-slujba prezidenta KazaxstanaPrezident Kasim-Jomart Tokayev prinyal sekretarey sovetov bezopasnosti stran Sentralnoy Azii
Prezident Kasim-Jomart Tokayev prinyal sekretarey sovetov bezopasnosti stran Sentralnoy Azii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya yetakchisining Qozog‘istonga tashrifi oldidan Qasim-Jomart Toqayevning ikki mamlakat hamkorligiga oid maqolasi e’lon qilindi.
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Ostona va Moskva Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida samarali ishlamoqda. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev ma’lum qildi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Ostonada bo‘lib turibdi. Tashrif arafasida Qozog‘iston yetakchisining Rossiya bilan munosabatlarga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi.
Qasim-Jomart Toqayev o‘z maqolasida YeOII muvaffaqiyatlari va uning iqtisodiy integratsiyaning muhim mexanizmi sifatidagi rolini qayd etdi.
“Ostona va Moskva bugungi kunda Yevroosiyo makonida integratsiyaning muhim mexanizmiga aylangan va xalqaro nufuzga ega bo‘lgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida samarali ishlamoqda. Darvoqe, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomaga bu yil o‘n yil to‘ldi. Mazkur uyushmaning tashabbuskorlari va asoschilari sifatida Qozog‘iston va Rossiya boshidanoq global miqyosda raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida har tomonlama hamkorlikni izchil mustahkamlashga intildi”, — deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, o‘tgan vaqt mobaynida YeOII a’zo mamlakatlarning iqtisodiy siyosatini integratsiyalashuvi va o‘zaro savdoni rivojlantirish jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan muhim platformalardan biri sifatida o‘z samaradorligini isbotladi.
Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2024
O‘zbekiston va YeOII
Nima uchun YeOII muvaffaqiyatli loyihaga aylandi — ekspert javobi
Yangiliklar lentasi
0