Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyida "Sharq kitobat san’ati: tarix va bugun" deb nomlangan yangi ko‘rgazma tashkil etildi. Bu tadbir sharqona kitobat san’atining boy tarixini va uning bugungi kundagi rivojini namoyon etmoqda.Tadbir davomida Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Turkiyaning An’anaviy hunarmandchilikni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash jamiyati (GESKODER) o‘rtasida Memorandum imzolandi.Muzey tarixida ilk bor eksponatlar o‘zbek, ingliz va rus tillarida audioyozuvli QR-kod tizimiga o‘tkazildi. Tomoshabinlar QR-kod orqali 8 ta tarixiy va 4 ta zamonaviy eksponat haqida matnli va audio ma’lumotni olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.Shuningdek, miniatura qahramonlarini jonlantirgan animatsion loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Loyiha multiplikator rassom, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha PhD darajasiga ega Nigora Hayo tomonidan taqdim etildi.Ko‘rgazma davomida muzey xodimlari tomonidan ekskursiyalar va abru-bahor san’ati bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.
Bu ko‘rgazma madaniy va tarixiy merosga qiziquvchilar uchun haqiqiy ilhom manbai sanaladi.
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyida "Sharq kitobat san’ati: tarix va bugun" deb nomlangan yangi ko‘rgazma tashkil etildi. Bu tadbir sharqona kitobat san’atining boy tarixini va uning bugungi kundagi rivojini namoyon etmoqda.
Tadbir davomida Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Turkiyaning An’anaviy hunarmandchilikni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash jamiyati (GESKODER) o‘rtasida Memorandum imzolandi.
Muzey tarixida ilk bor eksponatlar o‘zbek, ingliz va rus tillarida audioyozuvli QR-kod tizimiga o‘tkazildi. Tomoshabinlar QR-kod orqali 8 ta tarixiy va 4 ta zamonaviy eksponat haqida matnli va audio ma’lumotni olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, miniatura qahramonlarini jonlantirgan animatsion loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Loyiha multiplikator rassom, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha PhD darajasiga ega Nigora Hayo tomonidan taqdim etildi.
Ko‘rgazma davomida muzey xodimlari tomonidan ekskursiyalar va abru-bahor san’ati bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.