Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Zelenskiy o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan va hokimiyatda qolishda davom etmoqda — Taker Karlson

© AP Photo / Lynne SladkyTaker Karlson. Arxivnoe foto
Taker Karlson. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2024
Obuna bo‘lish
Karlson: piyodalarga qarshi minalar yetkazib berish Ukrainaning qonli mohiyatidan dalolat beradi.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Xalqaro konvensiyalar tomonidan taqiqlangan piyodalarga qarshi minalarni yetkazib berish yana bir bor Ukrainaning qonli mohiyatidan dalolat beradi. Bu haqda amerikalik jurnalist Taker Karlson ijtimoiy tarmoqdagi "Redacted" kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Ushbu mojaroda piyodalarga qarshi minalardan foydalanishning hech qanday asosi yo‘q, ularning yordami bilan hal qilib bo‘lmaydi. Bunday qadamning yagona ta’siri — begunohlarning o‘ldirilishi, shu xolos <...> Va ular (Kiyevda - tahrir) buni biladilar va qiladilar, chunki qotillik (ular uchun - tahrir) — ma’no", — dedi jurnalist.

Karlson Vladimir Zelenskiyni ham tanqid qilib, u hokimiyatni tortib olgan va yangi muddatga saylanmagan diktator ekanligini eslatdi.
"Ukraina prezidenti saylanmagan, u diktator, u tom ma’noda o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan va hokimiyatda qolishda davom etmoqda <...> Bu mamlakatda xristian konfessiyasini taqiqlangan <...> diktaturani totalitarizm deb atash uchun yana qanday xususiyatlarni sanab o‘tish kerak?”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq Pentagon rahbari AQSh Ukrainani piyodalarga qarshi minalar bilan ta’minlay boshlaganini tasdiqlab, bu qadam piyoda qo‘shinlar bo‘linmalari yordamida tobora ko‘proq hujum uyushtirayotgan Rossiya qo‘shinlarining o‘zgargan taktikasiga javoban qilinganini ma’lum qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0