https://oz.sputniknews.uz/20241126/toshkent-avtobus-metro-yolkira-narx-46806728.html
Toshkentda avtobus va metro yo‘lkira narxlari oshishi kutilmoqda
Toshkentda avtobus va metro yo‘lkira narxlari oshishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Poytaxt yo‘nalishlaridagi barcha avtobuslar salonida yo‘l haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi.
2024-11-26T12:00+0500
2024-11-26T12:00+0500
2024-11-26T12:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
hokimiyat
transport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/1a/46816303_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_95a5baf77f7e6089d7731b9dd31ac927.jpg
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. 2025-yil 1-yanvardan Toshkentdagi avtobus va metropoliten qatnovlari uchun yo‘lkira narxi oshiriladi. Bu bo‘yicha Toshkent shahar hokimligi tegishli qaror loyihasini ishlab chiqdi.Hujjat bilan kelasi yil 1-yanvardan jamoat transporti yo‘nalishlarida (avtobus va metropoliten) qatnovlarni amalga oshirish uchun yo‘lkira haqining bir qator cheklangan tariflari belgilanmoqda. Qayd etilishicha, poytaxt yo‘nalishlaridagi barcha avtobuslar salonida yo‘l haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi. Yo‘lkira haqini faqat elektron tarzda qabul qilish amaliyoti joriy etiladi. Ma’lumot uchun, hozirda bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tariflar naqd pul bilan 2000 so‘m, barcha turdagi bank kartalari va ATTO transport kartasi orqali to‘lov uchun esa 1700 so‘m.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/1a/46816303_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_eaa3331fde67da24c0f0a0db3f6ffabe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent yo‘lkira haqi narx
toshkent yo‘lkira haqi narx
Toshkentda avtobus va metro yo‘lkira narxlari oshishi kutilmoqda
Poytaxt yo‘nalishlaridagi barcha avtobuslar salonida yo‘l haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. 2025 yil 1-yanvardan Toshkentdagi avtobus va metropoliten qatnovlari uchun yo‘lkira narxi oshiriladi. Bu bo‘yicha Toshkent shahar hokimligi tegishli qaror loyihasini
ishlab chiqdi. Hujjat bilan kelasi yil 1-yanvardan jamoat transporti yo‘nalishlarida (avtobus va metropoliten) qatnovlarni amalga oshirish uchun yo‘lkira haqining bir qator cheklangan tariflari belgilanmoqda.
bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif —
3000 so‘m. Bunda, bir yo‘lovchi qatnovi uchun 1-martalik to‘lovni elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshirilganda rag‘batlantiruvchi chegirma qo‘llanilgan holda — 1 700 so‘m undiriladi;
bir yo‘lovchining bagajini tashish bo‘yicha xizmat uchun —
4000 so‘m; qatnovlar soniga bog‘liq holda belgilangan tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif —
1600 so‘m. “Qatnovlar soniga bog‘liq holda belgilangan transport kartalarining va transport kartalaridan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tarif rejalarining narxlari o‘zgarishsiz qoldirilsin”, — deyilgan hujjat matnida.
Qayd etilishicha, poytaxt yo‘nalishlaridagi barcha avtobuslar salonida yo‘l haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi. Yo‘lkira haqini faqat elektron tarzda qabul qilish amaliyoti joriy etiladi.
Ma’lumot uchun, hozirda bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tariflar naqd pul bilan 2000 so‘m, barcha turdagi bank kartalari va ATTO transport kartasi orqali to‘lov uchun
esa 1700 so‘m.