Shavkat Mirziyoyev Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi etib saylandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2024
Obuna bo‘lish
Milliy olimpiya qo‘mitasining Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) raisi etib saylandi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.
Qayd etilishicha, Milliy olimpiya qo‘mitasining Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi.
“Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surildi va bir ovozdan saylandi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Bosh assambleya MOQ raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Otabek Umarovni, rais o‘rinbosari lavozimiga Sherzod Tashmatovni, qo‘mita bosh kotibi lavozimiga Oybek Qosimovni sayladi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abdurahmanov, sport vaziri Adham Ikramov, Bosh assambleya a’zolari, shuningdek, federatsiya va assotsiatsiyalarning mas’ullari ham qatnashdi.
Yangiliklar lentasi
0