Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Peskov: Rossiya AQSh tufayli Ukrainadagi vaziyat keskinlashuvidan xavotirda

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2024
Obuna bo‘lish
Dmitriy Peskov AQSh Ukrainadagi vaziyatni yanada kuchaytirish yo‘lidan borishda davom etayotganini aytdi.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Rossiya AQShning ketayotgan ma’muriyati Ukrainadagi vaziyatni yanada keskinlashtirish yo‘lidan borishda davom etayotganini xavotir bilan qayd etadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Dushanba kuni Oq uy koordinatori Jon Kirbi birinchi marta Ukraina Amerikaning uzoq masofali ATACMS raketalaridan Kursk viloyatiga va "uning yaqiniga" zarba berish uchun foydalanishga ruxsati borligini tasdiqladi va buni o‘zini himoya qilish zarurati bilan izohladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Amerika ma’muriyati Ukraina qo‘shinlari tomonidan “aniq turdagi nishonlarga” zarba berish uchun ATACMS raketalaridan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha yo‘riqnomani o‘zgartirgan.
“Biz xavotir bilan qayd etishda davom etamiz, ketayotgan Vashington ma’muriyati vaziyatni yanada keskinlashtirish yo‘lida davom etishni afzal ko‘rmoqda”, — dedi Peskov.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq murojaat qilib, Ukraina 19-noyabr kuni Amerikaning uzoq masofali ATACMS raketalari va Britaniyaning uzoq masofali Storm Shadow raketalaridan foydalangan holda Kursk va Bransk viloyatlaridagi nishonlarga hujum uyushtirganini ma’lum qilgan edi. Amerika va Britaniya qurollarining qo‘llanilishiga javoban 21-noyabr kuni Rossiya Ukraina harbiy-sanoat majmuasiga zarba berdi.
Takticheskaya raketa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Yangiliklar lentasi
0