https://oz.sputniknews.uz/20241126/ozbekiston-rossiya-elektron-qurilma-qoshma-korxona-46815307.html
O‘zbekiston va Rossiya elektron qurilmalar ishlab chiqararishga mo‘ljallangan qo‘shma korxona ochdi
O‘zbekiston va Rossiya elektron qurilmalar ishlab chiqararishga mo‘ljallangan qo‘shma korxona ochdi
Sputnik O‘zbekiston
Korxona tog‘-kon sanoati, neft-gaz majmuasi va qishloq xo‘jaligi sanoati korxonalari tomonidan foydalanishga topshiriladigan datchiklar ishlab chiqarish bilan... 26.11.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-11-26T16:23+0500
2024-11-26T16:23+0500
2024-11-26T16:23+0500
iqtisod
o‘zbekiston - rossiya
toshkent
korxona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/1a/46814803_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_6ba8bc8c03e4533152796f3b99ccd38c.jpg
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Toshkentda elektron qurilmalar ishlab chiqararishga mo‘ljallangan Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi ochildi, deya xabar berdi Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi. Toshkentda Rossiyaning “Domalogika” MChJ kompaniyasi va O‘zbekistonning “Energopribor” MChJ kompaniyasi o‘rtasida elektron qurilmalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “DLKIP Electronics” qo‘shma korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi, Dog‘iston Sanoat va savdo vazirligi, Rossiya hududi eksportini qo‘llab-quvvatlash markazi hamda Toshkent shahar hokimligi xodimlari ishtirokida o‘tkazildi. Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili o‘rinbosari Igor Kaminin o‘z nutqida ikki davlat korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish muhimligini ta’kidlab, Dog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar yuksak darajada ekanini qayd etdi. Yaratilayotgan korxona O‘zbekistonning ishlab chiqarish va tog‘-kon sanoati, neft-gaz majmuasi va qishloq xo‘jaligi sanoati korxonalari tomonidan foydalanishga topshiriladigan datchiklar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/1a/46814803_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_390ece9ed16fbae3cecd0f97225e75d6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston - rossiya, toshkent, korxona
iqtisod, o‘zbekiston - rossiya, toshkent, korxona
O‘zbekiston va Rossiya elektron qurilmalar ishlab chiqararishga mo‘ljallangan qo‘shma korxona ochdi
Korxona tog‘-kon sanoati, neft-gaz majmuasi va qishloq xo‘jaligi sanoati korxonalari tomonidan foydalanishga topshiriladigan datchiklar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Toshkentda elektron qurilmalar ishlab chiqararishga mo‘ljallangan Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi ochildi, deya
xabar berdi Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi.
Toshkentda Rossiyaning “Domalogika” MChJ kompaniyasi va O‘zbekistonning “Energopribor” MChJ kompaniyasi o‘rtasida elektron qurilmalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “DLKIP Electronics” qo‘shma korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi, Dog‘iston Sanoat va savdo vazirligi, Rossiya hududi eksportini qo‘llab-quvvatlash markazi hamda Toshkent shahar hokimligi xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.
Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili o‘rinbosari Igor Kaminin o‘z nutqida ikki davlat korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish muhimligini ta’kidlab, Dog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar yuksak darajada ekanini qayd etdi.
Yaratilayotgan korxona O‘zbekistonning ishlab chiqarish va tog‘-kon sanoati, neft-gaz majmuasi va qishloq xo‘jaligi sanoati korxonalari tomonidan foydalanishga topshiriladigan datchiklar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.