https://oz.sputniknews.uz/20241126/neyron-tarmoqlar-zamonaviy-media-sputnikpro-mahorat-dars-46819389.html
Neyron tarmoqlar zamonaviy mediaga qanday yordam berishi mumkin: SputnikPRO mahorat darsi
Neyron tarmoqlar zamonaviy mediaga qanday yordam berishi mumkin: SputnikPRO mahorat darsi
Sputnik O‘zbekiston
SputnikPRO loyihasi doirasida “Rossiya segodnya” mediaguruhining Internet texnologiyalari markazining kontentni optimallashtirish yo‘nalishi rahbari Eduard Bulatov ommabop neyron tarmoqlar, ularning imkoniyatlari va samarali promtlar (neyron tarmoqlar uchun so‘rovlar) yaratish qoidalari haqida gapirdi.
2024-11-26T20:12+0500
2024-11-26T20:12+0500
2024-11-27T10:31+0500
sputnikpro
video
sun’iy intellekt
o‘zbekiston
toshkent
talabalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/1b/46822362_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_6bd9da73f739fe16d1d1495dfb5da184.jpg
SputnikPRO loyihasi doirasida “Rossiya segodnya” mediaguruhining Internet texnologiyalari markazining kontentni optimallashtirish yo‘nalishi rahbari Eduard Bulatov ommabop neyron tarmoqlar, ularning imkoniyatlari va samarali promtlar (neyron tarmoqlar uchun so‘rovlar) yaratish qoidalari haqida gapirdi.Trening ishtirokchilari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari va o‘qituvchilari bo‘ldi. Bulatovning so‘zlariga ko‘ra, neyron tarmoqlar ishni soddalashtiradi va jurnalistlar uchun foydali vositaga aylanishi mumkin, biroq ular bilan to‘g‘ri ishlay olish muhim.Bulatovning ta’kidlashicha, neyron tarmoqlar bilan muvaffaqiyatli ishlash uchun ularning beqarorligini hisobga olish kerak, chunki javoblar har kuni o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun asosiysi o‘zaro ta’sir maqsadlarini aniq tushunish va to‘g‘ri so‘rov, ko‘rsatmalarni tuzishdir.Bundan tashqari, neyron tarmoqlardan qanday vazifalar uchun foydalanishni rejalashtirayotganingizni tushunish muhimdir.Biroq u yaratilgan matnlar doimo tekshirilishi va faktcheking qilinishi kerakligini eslatdi. Neyron tarmoqlar ishni soddalashtirishi mumkin, ammo odamning o‘rnini to‘liq bosa olmaydi.Neyron tarmoqlaribilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga kelsak, Bulatov ulardan firibgarlik uchun foydalanish va muallifga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarni taqdim etishni qayd etdi.Uchrashuv Sputnik agentligi tomonidan neyron tarmoqlardan foydalangan holda yaratilgan sun’iy boshlovchi loyihasi taqdimoti va savol-javoblar bilan yakunlandi, unda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, mutaxassisdan foydali tavsiyalar olishdi.Ma’lumot uchun: SputnikPRO – Sputnik agentligi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan OAV sohasidagi xalqaro ta’lim loyihasi hisoblanadi. Bu jurnalistlar, matbuot kotiblari, blogerlar va oliy o‘quv yurtlarining ixtisoslashtirilgan bo‘limlarining yuqori kurs talabalari uchun eng yaxshi rus va xorijiy media-menejerlar, ekspertlar va agentlikning yetakchi mutaxassislari tomonidan noyob seminarlar, ma’ruzalar va mahorat darslari tizimidir.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/1b/46822362_480:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_d642552f01d8b325fcdbb3c6fc4fea54.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
neyron tarmoqlar neyrontarmoqlar foydalanish ma’lumot
neyron tarmoqlar neyrontarmoqlar foydalanish ma’lumot
Neyron tarmoqlar zamonaviy mediaga qanday yordam berishi mumkin: SputnikPRO mahorat darsi
20:12 26.11.2024 (yangilandi: 10:31 27.11.2024) Eksklyuziv
O‘zDJTUda sun’iy intellekt bo‘yicha SputnikPro mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
SputnikPRO loyihasi doirasida “Rossiya segodnya” mediaguruhining Internet texnologiyalari markazining kontentni optimallashtirish yo‘nalishi rahbari Eduard Bulatov ommabop neyron tarmoqlar, ularning imkoniyatlari va samarali promtlar (neyron tarmoqlar uchun so‘rovlar) yaratish qoidalari haqida gapirdi.
Trening ishtirokchilari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari va o‘qituvchilari bo‘ldi. Bulatovning so‘zlariga ko‘ra, neyron tarmoqlar ishni soddalashtiradi va jurnalistlar uchun foydali vositaga aylanishi mumkin, biroq ular bilan to‘g‘ri ishlay olish muhim.
"Neyron tarmoqlardan foydalanish yuqori to‘siqlarga ega, chunki sizning oldingizda chat ochiladi, u bilan siz malakali muloqot qilishingiz kerak. Foydalanuvchi qoniqarli natijaga erishish uchun har doim ham so‘rovni to‘g‘ri shakllantira olmaydi”, — dedi u.
Bulatovning ta’kidlashicha, neyron tarmoqlar bilan muvaffaqiyatli ishlash uchun ularning beqarorligini hisobga olish kerak, chunki javoblar har kuni o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun asosiysi o‘zaro ta’sir maqsadlarini aniq tushunish va to‘g‘ri so‘rov, ko‘rsatmalarni tuzishdir.
“Sizning ko‘rsatmalaringiz juda qisqa bo‘lmasligi kerak, lekin kirish so‘zlari bilan ortiqcha yuklanmasligi kerak. To‘g‘ri so‘rovni yaratishga yordam beradigan maxsus xizmatlar ham mavjud. Aytgancha, neyron tarmoqlar o‘zbek tili bilan yaxshi ishlaydi, shuning uchun men ular bilan tajriba o‘tkazishni tavsiya qilaman”, — deya qo‘shimcha qildi Bulatov.
Bundan tashqari, neyron tarmoqlardan qanday vazifalar uchun foydalanishni rejalashtirayotganingizni tushunish muhimdir.
“Masalan, maqola yaratishingiz mumkin bo‘lgan xizmatlar mavjud: tilni, shrift hajmini, matn tusi va nechinchi shaxsdan yozilishini tanlashingiz mumkin. Bu vositalar sizning so‘rovingizga moslashadi", – deya tushuntirdi mutaxassis.
Biroq u yaratilgan matnlar doimo tekshirilishi va faktcheking qilinishi kerakligini eslatdi. Neyron tarmoqlar ishni soddalashtirishi mumkin, ammo odamning o‘rnini to‘liq bosa olmaydi.
“Neyron tarmoq sizga matn yozishda yordam berishi mumkin, lekin siz unga vazifani to‘liq topshira olmaysiz. Bu tayyor yechim emas,ko‘proq ilhom manbai. Masalan, neyrotarmoq sizga diplom yozib bermaydi”, – deya aniqlik kiritdi "Rossiya segodnya" mutaxassisi.
Neyron tarmoqlaribilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga kelsak, Bulatov ulardan firibgarlik uchun foydalanish va muallifga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarni taqdim etishni qayd etdi.
“Bu odamlar uchun yangi chaqiriq, biroq men barcha innovatsiyalar yaxshilik uchun ekanligiga ishonaman, asosiysi bu xizmatlardan o‘ylamay foydalanmaslikdir”, – deb xulosa qildi u.
Uchrashuv Sputnik agentligi tomonidan neyron tarmoqlardan foydalangan holda yaratilgan sun’iy boshlovchi loyihasi taqdimoti va savol-javoblar bilan yakunlandi, unda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, mutaxassisdan foydali tavsiyalar olishdi.
Ma’lumot uchun: SputnikPRO – Sputnik agentligi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan OAV sohasidagi xalqaro ta’lim loyihasi hisoblanadi. Bu jurnalistlar, matbuot kotiblari, blogerlar va oliy o‘quv yurtlarining ixtisoslashtirilgan bo‘limlarining yuqori kurs talabalari uchun eng yaxshi rus va xorijiy media-menejerlar, ekspertlar va agentlikning yetakchi mutaxassislari tomonidan noyob seminarlar, ma’ruzalar va mahorat darslari tizimidir.