https://oz.sputniknews.uz/20241126/istirohat-bog-sayilgoh-xiyobon-xususiylashtirish-taqiq-46811831.html
Istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi kutilmoqda
Istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Madaniy hordiq va dam olish maskanlari muhofazasi kuchaytiriladi. 26.11.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-11-26T15:13+0500
2024-11-26T15:13+0500
2024-11-26T15:21+0500
jamiyat
o‘zbekiston
oliy majlis qonunchilik palatasi
bog‘
istirohat bog‘lari
dam olish maskani
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/1a/46811953_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_fc7ef93051c381ff6eba800466f52f9c.jpg
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida aholining madaniy hordiq va dam olish maskanlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Ushbu qonun loyihasi “Adolat” SDP va Ekologik partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari a’zolari tomonidan ishlab chiqildi. Hujjatda madaniy hordiq maskanlari, ularning yerlari hamda ushbu yerlardagi bino-inshootni begonalashtirishni, madaniy hordiq maskanlari hududini qisqartirish, ularda bino-inshoot qurish (yengil turdagi obyektlar bundan mustasno) yoki mavjud bino-inshootni qurilish osti maydonini kengaytirishni taqiqlash nazarda tutilmoqda. Bu turdagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda. Bundan tashqari, qonun loyihasi bilan “botanika bog‘lari” muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ro‘yxatiga kiritilyapti. “Botanika bog‘lari” va ularning yerlarini ham begonalashtirish, ularning hududida bino-inshootlar qurish yoki qurilish osti maydonlarini kengaytirish taqiqlanmoqda. Quyi palata spikeri o‘z so‘zida qonun konsepsiyasi yaxshiligi, lekin “dam olish maskanlari” deganda aynan qanday joylar nazarda tutilganiga aniqlik kirish kerakligini qayd etdi. Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/1a/46811953_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_46d719404ebef44e37735129f156b1df.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, oliy majlis qonunchilik palatasi, bog‘ , istirohat bog‘lari, dam olish maskani
jamiyat, o‘zbekiston, oliy majlis qonunchilik palatasi, bog‘ , istirohat bog‘lari, dam olish maskani
Istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi kutilmoqda
15:13 26.11.2024 (yangilandi: 15:21 26.11.2024) Madaniy hordiq va dam olish maskanlari muhofazasi kuchaytiriladi.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida aholining madaniy hordiq va dam olish maskanlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Ushbu qonun loyihasi “Adolat” SDP va Ekologik partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari a’zolari tomonidan ishlab chiqildi.
“Qonun loyihasida Jinoyat kodeksi, Yer kodeksi, Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi, Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi va Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risidagi qonunlarga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda”, — dedi deputat Xayrillo Gapporov.
Hujjatda madaniy hordiq maskanlari, ularning yerlari hamda ushbu yerlardagi bino-inshootni begonalashtirishni, madaniy hordiq maskanlari hududini qisqartirish, ularda bino-inshoot qurish (yengil turdagi obyektlar bundan mustasno) yoki mavjud bino-inshootni qurilish osti maydonini kengaytirishni taqiqlash nazarda tutilmoqda.
Bu turdagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Bundan tashqari, qonun loyihasi bilan “botanika bog‘lari” muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ro‘yxatiga kiritilyapti. “Botanika bog‘lari” va ularning yerlarini ham begonalashtirish, ularning hududida bino-inshootlar qurish yoki qurilish osti maydonlarini kengaytirish taqiqlanmoqda.
“Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi aholini dam olish maskanlari va boshqa yashil zonalarni muhofaza qilishning mustahkam huquqiy asosini yaratadi. Ushbu maskanlar va ularning hududlarini saqlab qolishga, ekologiya va atrof muhitning yaxshilanishiga hamda mansabdor shaxslarning masuliyatini oshirishga xizmat qiladi”, — dedi Gapporov.
Quyi palata spikeri o‘z so‘zida qonun konsepsiyasi yaxshiligi, lekin “dam olish maskanlari” deganda aynan qanday joylar nazarda tutilganiga aniqlik kirish kerakligini qayd etdi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.