https://oz.sputniknews.uz/20241125/toshkent-zoravonlik-16-kun-harakat-kampaniya-46801149.html
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat kampaniyasi boshlandi
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat kampaniyasi boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Kampaniya Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkazilmoqda. 25.11.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-11-25T16:05+0500
2024-11-25T16:05+0500
2024-11-25T16:05+0500
jamiyat
o‘zbekiston
zo‘ravonlik
ayollar
ijtimoiy himoya milliy agentligi
bmt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1a/37207020_0:160:3071:1887_1920x0_80_0_0_9b5fdbcc4b5b081a00058e3607191e1c.jpg
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Toshkentda "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat" global kampaniyasi boshlandi, deya xabar berdi Ijtimoiy himoya milliy agentligi. Qayd etilishicha, bu kampaniya ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish uchun jamiyatning barcha qatlamlari sa’y-harakatlarini birlashtirish zarurligini eslatadi. Xabarda agentlik fuqarolarni ushbu aksiyani qo‘llab-quvvatlash, muammoga e’tibor qaratish va birdamlikni namoyish etishga chaqirgan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har kuni 140 nafar ayol va qiz o‘z jufti yoki yaqin qarindoshi tomonidan o‘ldirilmoqda, ya’ni har 10 daqiqa ichida oiladagi zo‘ravonlik oqibatida bir ayol vafot etadi. 2023-yilda dunyo bo‘ylab 85 ming ayol va qiz qasddan odam o‘ldirish qurboni bo‘ldi. Ma’lumot uchun, zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun yordam: 102 qisqa raqamiga yoki 1146 ishonch telefoniga murojaat qilish mumkin.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1a/37207020_171:0:2900:2047_1920x0_80_0_0_d18f3223af23b5105903499672d9947a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, zo‘ravonlik, ayollar, ijtimoiy himoya milliy agentligi, bmt
jamiyat, o‘zbekiston, zo‘ravonlik, ayollar, ijtimoiy himoya milliy agentligi, bmt
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat kampaniyasi boshlandi
Kampaniya Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Toshkentda "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat" global kampaniyasi boshlandi, deya xabar berdi Ijtimoiy himoya
milliy agentligi. “25 noyabrdan boshlab Toshkentda "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat" global kampaniyasi boshlandi. Bu tashabbus Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkaziladi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bu kampaniya ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish uchun jamiyatning barcha qatlamlari sa’y-harakatlarini birlashtirish zarurligini eslatadi.
“Ijtimoiy himoya milliy agentligi ushbu muhim tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z logotipini olov rangga o‘zgartirdi. Olov rangi — umid, yorug‘lik va zo‘ravonliksiz kelajak ramzi”, — deya qo‘shimcha qilingan agentlik xabarida.
Xabarda agentlik fuqarolarni ushbu aksiyani qo‘llab-quvvatlash, muammoga e’tibor qaratish va birdamlikni namoyish etishga chaqirgan.
BMT
ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har kuni 140 nafar ayol va qiz o‘z jufti yoki yaqin qarindoshi tomonidan o‘ldirilmoqda, ya’ni har 10 daqiqa ichida oiladagi zo‘ravonlik oqibatida bir ayol vafot etadi. 2023-yilda dunyo bo‘ylab 85 ming ayol va qiz qasddan odam o‘ldirish qurboni bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun yordam: 102 qisqa raqamiga yoki 1146 ishonch telefoniga murojaat qilish mumkin.