O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi — yangi qaror

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishMagnitno-rezonansnoe tomograficheskoe issledovanie
Magnitno-rezonansnoe tomograficheskoe issledovanie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2024
Obuna bo‘lish
Tashxislash va davolash xarajatlari budjet hisobidan moliyalashtiriladi.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
Prezident “Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida 30–65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi (ro‘yxati) shakllantiriladi, ularni tibbiy ko‘rikka taklif qilish tizimi yaratiladi.
Har yili 30–50 yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni saratoni skriningi odam papillomasi virusini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvi usuli orqali aniqlash hamda suyuqlik sitologiyasi usulida tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
30–65 yoshdagi ayollar har 2-yilda bir marotaba tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralashdan o‘tkaziladi.
“Skrining natijasida onkologik kasallikka chalinganligi aniqlangan bemorlarni tashxislash va davolash bilan bog‘liq xarajatlar budjet hisobidan moliyalashtiriladi”, — deyiladi hujjat matnida.
2025 yil 1-yanvardan boshlab:
onkonazorat xonalari uchun akusher-ginekolog shifokor hamda mobil va statsionar mammograflar ishini 2 ta smenada tashkil etish uchun rentgen-laborantlar shtatlari joriy etiladi;
Mammografiya tasvirini o‘qish markazi tashkil etiladi;
odam papilloma virusi diagnostikasi uchun qo‘llanadigan test tizimlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha referens-laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skriningiga nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb qilinadi.
2025 yil 1-mayga qadar esa, bachadon bo‘yni saratoni skriningi va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash sifatini baholash va monitoring qilib borish tizimi, skrining dasturiga kiritilgan ayollar bilan qayta aloqa qilish tizimi joriy etiladi.
Shavkat Mirziyoyev  posetil noviy kompleks Respublikanskogo onkologicheskogo sentra v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2024
Respublika onkologiya markazi yangi majmuada ish boshlaydi
Yangiliklar lentasi
0