Yangi loyihalar, ish o‘rinlari va dual ta’lim: “Yangihayot” texnoparkining rejalari aytildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev posetil industrialniy texnopark "Yangixayot" v gorode Tashkente.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev posetil industrialniy texnopark Yangixayot v gorode Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yetakchisi “Yangihayot” industrial texnoparkini borib ko‘rdi.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. “Yangihayot” industrial texnoparkida 386 million dollarlik 46 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda davlat rahbarining Toshkentdagi “Yangihayot” industrial texnoparkiga tashrifi davomida ma’lum qilindi.
Aytilishicha, Yangihayot tumanida 184 mingdan ziyod aholi yashaydi.
“So‘nggi yillarda ko‘plab yangi uylar qurilib, oilalar ko‘chib keldi. Ular uchun shu yaqin atrofda ish o‘rinlari tashkil etishga harakat qilinmoqda. Texnopark uchun 110 gektar maydon ajratilgan. Hozir bu yerda 101 million dollarlik 8 ta korxona ishga tushirilgan, 520 ta ish o‘rni yaratilgan”, — deyiladi xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev posetil industrialniy texnopark "Yangixayot" v gorode Tashkente.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev posetil industrialniy texnopark Yangixayot v gorode Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2024
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev posetil industrialniy texnopark "Yangixayot" v gorode Tashkente.
Masalan, “Almerro Grup” mas’uliyati cheklangan jamiyatida “Krember” brendi ostida qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Buning uchun 3 gektar yer ajratilgan, 22 million dollar yo‘naltirgan. Korxonada yiliga 320 milliard so‘mlik 80 turdagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Mahsulotlarning 15-20 foizi Xitoy va MDH davlatlariga eksport qilinadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev posetil industrialniy texnopark "Yangixayot" v gorode Tashkente.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev posetil industrialniy texnopark Yangixayot v gorode Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2024
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev posetil industrialniy texnopark "Yangixayot" v gorode Tashkente.
Qiymati 21 million dollarlik “Vera Modern Elektrical” korxonasi 600 turdagi kabel va sim mahsulotlari ishlab chiqarilish, 4 million dollarlik eksport quvvatiga ega. Muhimi, mahsulotlarning 35-40 foizi import o‘rnini bosadi hamda mahalliylashtirish darajasi 70 foizga yetkaziladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev posetil industrialniy texnopark "Yangixayot" v gorode Tashkente.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev posetil industrialniy texnopark Yangixayot v gorode Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2024
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev posetil industrialniy texnopark "Yangixayot" v gorode Tashkente.
“Keyingi yillarda tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar bugun o‘z natijasini berayapti. O‘zimizning ishbilarmonlar mana shunday ko‘p xilda va yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarayapti. Bu imkoniyatlarni har yili kengaytirib boramiz. Chunki tadbirkor iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi, — dedi prezident.
Qayd etilishicha, Texnopark ichida “Mimar Group” kompaniyasi tomonidan ikki qavatli majmua qurilib, kichik korxonalar va hunarmandlarga muddatli to‘lov asosida sotilmoqda. Ularning har birida alohida ishlab chiqarish va ko‘rgazma maydonlari bo‘ladi.
Bugungi kunda shunday binolarda umumiy qiymati 3 million dollarlik 4 ta loyiha - eshik-romlar, to‘qimachilik mahsulotlari, qurilish uchun profillar va quyosh panellari korxonalari ish boshlagan.
Texnoparkda qurilish materiallari, elektrotexnika, logistika va xizmat ko‘rsatish, tekstil va to‘qimachilik sanoati, oziq-ovqat sanoati kabi yo‘nalishlarda 386 million dollarlik 46 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, texnoparkdagi korxonalar uchun mutaxassislar tayyorlashda dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi.
Texnoparkda 2025-yilda 235 million dollarlik 37 ta, 2026-yilda esa 50 million dollarlik 1 ta loyihalar ishga tushiriladi.
Natijada 10 mingta yangi ish o‘rni va 35 million dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi.
O‘tgan o‘n oyda Yangihayot tumanida 3 mingdan ziyod aholi doimiy ishga joylashtirilgan, 6 mingta o‘zini o‘zi band qilgan shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Yangiliklar lentasi
0