Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina raketalarni ishlab chiqish dasturini moliyalashtirishda muammolarga duch kelmoqda — OAV

© AP Photo / LibkosUkrainskie soldati zapuskayut bespilotnik bliz Baxmuta (Artemovska), Doneskaya oblast.
Ukrainskie soldati zapuskayut bespilotnik bliz Baxmuta (Artemovska), Doneskaya oblast. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2024
Obuna bo‘lish
Ismi oshkor etilmagan rasmiylar moliyaviy yetishmovchilik Ukrainaning “Neptun” qanotli raketalarini ishlab chiqarishga to‘sqinlik qilayotganini va mamlakat rasmiylari yordam so‘rab xorijiy hukumatlarga murojaat qilganini da’vo qilmoqda.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Ukraina raketalarni ishlab chiqish dasturini moliyalashtirishda muammolarga duch kelmoqda, deb yozadi “Wall Street Journal” manbalarga tayanib.
“Raketalarni ishlab chiqish dasturida imkoniyat va moliyalashtirish yetishmaydi. Bu degani... Kiyev uzoq yillar davomida qurol-yarog‘ning ayrim turlari bo‘yicha G‘arbga qaram bo‘lib qolishi ehtimoli mavjud”, - dedi ismini oshkor etmagan rasmiylar nashrga.
Ta’kidlanishicha, Ukraina ushbu qurol ustida ish o‘nlab yillar mobaynida davom etayotganiga qaramay, hali ham o‘zi ishlab chiqargan ballistik raketasini “o‘z arsenaliga qo‘shmagan”. Gazetaning Ukraina strategik sanoat vaziri o‘rinbosari Anna Gvozdarga tayanib qo‘shimcha qilishicha, mamlakat hozirda bir nechta ballistik raketalar ustida ishlamoqda.
“Wall Street Journal” shuningdek, Vladimir Zelenskiyning strategik masalalar bo‘yicha maslahatchisi Aleksandr Kamishinga tayanib, Kiyevda raketa ishlab chiqarishni tezlashtirish uchun “shunchaki pul yetarli emasligini” qayd etadi. Ismi oshkor etilmagan rasmiylar moliyaviy yetishmovchilik Ukrainaning “Neptun” qanotli raketalarini ishlab chiqarishga to‘sqinlik qilayotganini va mamlakat rasmiylari yordam so‘rab xorijiy hukumatlarga murojaat qilganini da’vo qilmoqda.
Nashr harbiy aerokosmik tizimlar bo‘yicha mutaxassis Duglas Baryening ballistik raketalarning qimmatligi haqidagi fikrini keltirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu turdagi qurollarni ishlab chiqarish katta mablag‘ talab qiladi, chunki raketalar Yer atmosferasiga kirishda yuqori haroratga bardosh berishi kerak bo‘lgan materiallarni talab qiladi.
Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berish kelishuvga xalaqit bermoqda, NATO davlatlarini mojaroga bevosita jalb qilmoqda va “o‘t bilan o‘ynash” bo‘lmoqda, deb hisoblaydi.
Takticheskaya raketa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Yangiliklar lentasi
0