Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi — nimalar muhokama qilindi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s sovetnikom po voprosam ekonomicheskogo razvitiya, effektivnogo upravleniya i mejdunarodnogo sotrudnichestva Sumoy Chakrabarti
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s sovetnikom po voprosam ekonomicheskogo razvitiya, effektivnogo upravleniya i mejdunarodnogo sotrudnichestva Sumoy Chakrabarti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2024
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni doirasidagi keyingi qadamlar muhokama qilindi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
"O‘zbekiston - 2030" strategiyasini joriy yilgi davlat dasturi doirasida amalga oshirishning holati hamda kelgusi yilda islohotlarni yanada ilgari surish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Davlat boshqaruvida kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni doirasidagi keyingi qadamlar muhokama qilindi. Milliy qonunchilikni JST qoidalari va talablari bilan uyg‘unlashtirishni jadallashtirish, shuningdek, mamlakatning global reytinglardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha ishlarni davom ettirish zarurligi qayd etildi.
Prezident rejalashtirilgan barcha loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish, strategik islohotlar kun tartibini yangi tashabbuslar bilan, ayniqsa Atrof-muhitni muhofaza qilish va "yashil" iqtisodiyot yilidagi vazifalarni hisobga olib yanada boyitish muhimligini ta’kidladi.
Mirziyoyev rassmotrel plani razvitiya Xorezma i Surxandari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2024
Mirziyoyev Xorazm va Surxondaryoni rivojlantirish bo‘yicha rejalarni ko‘rib chiqdi
Yangiliklar lentasi
0