“Vatandosh” kartasiga ega shaxslar O‘zbekistonga vizasiz kirishi va chiqishi mumkin bo‘ladi

© Press-slujba "Uzbekistan Airports"Dlya passajirov, viletayushix iz mejdunarodnogo aeroporta "Tashkent", dostupna usluga Fast Track.
Dlya passajirov, viletayushix iz mejdunarodnogo aeroporta Tashkent, dostupna usluga Fast Track. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga intilayotgan vatandoshlarga “Vatandosh” guvohnomasini va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi belgilandi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. “Vatandosh” kartasiga ega shaxslar O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkinligi belgilandi. Prezident qarori bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.
Nizom bilan O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga intilayotgan vatandoshlarga “Vatandosh” guvohnomasini va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi belgilandi.
“Vatandosh” guvohnomasi — xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni rag‘batlantirish shakli bo‘lib, O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, mamlakatning boshqa davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgan, respublikada xayriya (metsenatlik) faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarga minnatdorchilik va tashakkur belgisi hamda “Vatandosh” kartasini olish uchun asos hisoblanadigan hujjat.
Vazirlik va idoralar tomonidan taklif va tashabbus asosida guvohnoma berish bo‘yicha taqdim etilgan nomzodlarni ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga tavsiyanoma kiritiladi.
“Vatandosh” kartasi — guvohnoma asosida 5-yil muddatga (vatandosh milliy pasportining amal qilish sanasidan oshmagan holda) beriladigan hamda O‘zbekiston hududida belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi ID karta shaklidagi hujjat.
Kartaga ega vatandoshlarga quyidagi huquqlar beriladi:
O‘zbekiston hududiga vizasiz kirish va chiqish;
mamlakat hududida ko‘chmas mulk sotib olishda chet el fuqarolariga nisbatan belgilangan ko‘chmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va O‘zbekistonda yashash guvohnomasi talab qilinmaydi;
xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish;
O‘zbekiston fuqarolari uchun belgilangan shartlarda tibbiy, ta’lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish.
Karta egalarining oila a’zolariga quyidagi imtiyozlar beriladi:
amaldagi viza muddatini uzaytirishda O‘zbekiston hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik viza olish;
O‘zbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy, ta’lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish;
vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni davlat boji undirilmasdan ichki ishlar organlarida rasmiylashtirish va uzaytirish.
Yangiliklar lentasi
0